Elektr energiyasi narxining bemalol oshirilishiga barham berildi

Elektr energiyasi narxining bemalol oshirilishiga barham berildi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 aprelda Elektr energetika tarmog‘ida tarif siyosatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida gi qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Bundan tashqari, elektr energiyasi uchun tariflarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanib, 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.
Hujjatga asosan, 2023 yilga borib eng yaxshi xalqaro amaliyotni hisobga olgan holda, tariflarni aniqlash uslubiga o‘tiladi. 2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi (oshirilmaydi).
Tariflar ishlab chiqarish va kapital xarajatlarining to‘liq qoplanishini va rentabellikni kamida 10% va 20% dan ortiq bo‘lmagan darajada saqlashni hisobga olgan holda elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va sotish uchun o‘rtacha narxlarga asoslanadi. Sotish, sof foyda miqdorini elektr energiyasini ishlab chiqarish, yetkazish, tarqatish va sotish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Xaridor tomonidan elektr energiyasini sotib olish va sotish Vazirlar Mahkamasi huzuridagi idoralararo Tarif Komissiyasi tomonidan belgilanadigan stavkalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Ushbu yangi tashkil etilgan ishchi guruh Bosh vazir o‘rinbosari - Moliya vaziri boshchiligidagi 7 nafar a’zodan iborat tarkibda ish yuritadi.
Endilikda davlat aholining kam daromadli va himoyaga muhtoj qatlamlarini elektr energiyasidan foydalanishning bazaviy stavkasini qo‘llash orqali, shuningdek tariflar oshishi bilan kompensasiya qilishni qo‘llab quvvatlashi belgilab olindi.
O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.
Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari ham belgilandi.
Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor etilmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, yaqin kelajakda elektr energiyasi uchun narxning oshish muddatlarining belgilanmaganligi, istalgan vaqt oralig‘ida asoslantirilmagan miqdorda oshirilib kelinayotganligi kabi muammolar o‘z yechimini topsa ajabmas.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!