Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Oqoltin tumanida yashovchi, 1998 y.t. shaxs aldov yo‘li bilan 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ulardan biriga 10 ming, ikkinchisiga esa 4 ming, jami 14 ming qalbaki AQSh dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlandi.
Buxoro viloyatida kuzatilgan holatda esa G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1986 va 1989 yillarda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan 2 nafar shaxs xaridorga qalbaki 10 ming AQSh dollarini 5 ming AQSh dollariga sotishga kelishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular qalbaki 8300 AQSh dollarini berib va qolganini tez kunda yetkazishlarini aytib, 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qiziltepa tumanida va Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1993-1997 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 3 nafar shaxs 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralardan iborat 400 mln. so‘m qalbaki pullarni 160 mln. so‘mga sotayotgan vaqtlarida ushlandiyu
Shuningdek, ular tomonidan qalbaki pullar tayyorlangan savdo do‘koni binosi ko‘zdan kechirilganda kupyuralar tayyorlashda foydalanilgan noutbuk, rangli printer, skaner, qog‘oz kesuvchi uskuna, 14 dona qalbaki 200 ming so‘mlik, 1 dona 100 ming so‘mlik va 8 dona oq qog‘ozning bir tomoniga chop etilgan 200 ming so‘mlik kupyuralar borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Global Wealth Databook ва Bloomberg томонидан дунёда аҳолисининг катта қисми миллионерлардан иборат бўлган давлатлар рўйхати эълон қилинди. Ўзбекистон бу рўйхатга киритилмади.
Бу ҳақда Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида маълум қилган ва АҚШ, НАТО ҳамда Украина ўртасидаги янги ҳарбий ёрдам келишувининг тафсилотлари билан ўртоқлашган.
АҚШнинг президенти Дональд Трамп 2024 йилдаги ҳомийлар йиғилишида сўзлаб, Россия президенти Владимир Путинни Украинага ҳужум қилмаслик учун Москвага бомба ташлаш билан таҳдид қилганини маълум қилди.
БМТнинг Аҳолишунослик жамғармаси (ЮНФПА) маълум қилишича, Ғаза секторида тахминан 50 минг ҳомиладор ва эмизикли аёл бир неча кундан бери овқатга етиб бормай, жуда оғир шароитда яшамоқда.
Россия президенти Владимир Путин Роман Старовойтни транспорт вазири лавозимидан озод қилгач, у ўз жонига қасд қилгани ҳақида хабарлар тарқалди. Фожиага нима сабаб бўлган?
Исроил томонидан қўзғатилган гуманитар инқироз, Ғазога нисбатан кучайтирилган блокада ва инсонпарвар ёрдамларнинг киришини тўсиш билан янада оғирлашмоқда.
Техасда кучли ёмғир ва Гвадалупе дарёсининг тошиб кетиши оқибатида юзага келган сув тошқини оқибатида камида 104 киши ҳалок бўлди. Бу ҳақда The New York Times нашри хабар берди.
Исроил армиясининг қамал остидаги Ғазо секторига қилган навбатдаги тонгги ҳаво ҳужумлари натижасида камида 10 фаластинлик ҳалок бўлди. Марҳумлар орасида бир чақалоқ ҳам бор. Яна кўплаб инсонлар жароҳат олди.
Давлат нефть корпорацияси Бадаловнинг “тўсатдан ўлими”га бағишланган пресс-релизда унинг раҳбарлигида “қисқа вақт ичида кенг кўламли илм-фанни талаб қилувчи лойиҳалар амалга оширилганини” таъкидлади