Dunyoning eng yaxshi darvozaboni o‘z mamlakati prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Dunyoning eng yaxshi darvozaboni o‘z mamlakati prezidentligiga nomzodini qo‘ydi

Mashhur sobiq darvozabon Xose Luis Chilavert 2023 yilda Paragvay prezidentligiga nomzodini qo‘ydi.

Bu haqda 55 yoshli Chilavert o‘zining tvitterdagi mikroblogiga saylovoldi plakatini joylashtirgan holda ma’lum qildi.

"Chila - Prezident 2023. Men paragvaylik ekanligimdan faxrlanaman", - deyiladi plakatda.

Chilavert 1983 yildan 2005 yilgacha professional darajada o‘yinlarga tushgan. U Paragvayning “Guarani”, Argentinaning “San Lorenso” va “Velez Sarsfild”, Ispaniyaning “Saragoza”, Fransiyaning “Strasburg” hamda Paragvayning “Penarol” darvozasini himoya qilgan.

Sportchi o‘z gollari bilan ham mashhurlikka erishgan. Faoliyati davomida jarima zarbalari va penaltilar seriyasida 62 ta gol urgan. U milliy terma jamoa darvozabonlari tomonidan eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi – “Paragvay” tarkibida 74 uchrashuvda 8 gol.

Paragvay Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi tomonidan uch marta dunyoning eng yaxshi darvozaboni deb topilgan (1995, 1997 va 1998 yillarda), shuningdek, XX asrning eng yaxshi darvozabonlari ro‘yxatida oltinchi o‘rinni egallagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!