Dunyoning eng qari begemoti o‘zining 55 yoshini “nishonladi”

Dunyoning eng qari begemoti o‘zining 55 yoshini “nishonladi”

Tailandning Chonburi shahridagi hayvonot bog‘i “istiqomatchisi” Me Mali laqabli begemot o‘zining 55 yoshini “nishonladi”.

Hayvonot bog‘i kuzatuvchilari u uchun tropik mevalar va sabzavotlardan tort tayyorlashdi. Bog‘ mehmonlari esa begemot uchun qo‘shiq kuylashdi. Hayvonot bog‘i direktori Attaporn Srixerunning aytishicha, u dunyodagi eng qari begemot bo‘lishi mumkin.

Odatda, yovvoyi tabiatda begemotlar 40 yoshgacha yashaydi. Kamdan-kam hollarda esa ular 60 yilgacha umr ko‘rishi mumkin. Me Malining 21 ta bolasi bor va ular Tailandning turli hayvonot bog‘larida yashashadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!