Dunyo ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda – Norov

Dunyo ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda – Norov

Bugun dunyo ulkan o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda, jadal rivojlanish va global yangilanishlar davriga qadam qo‘ymoqda. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Xalq diplomatiyasi forumi davomida ma’lum qildi.

Norovning so‘zlariga ko‘ra, bunday sharoitda Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) “Shanxay ruhi”ning o‘ziga xos tamoyillariga tayangan holda xalqaro huquq, ko‘p tomonlama va ajralmas xavfsizlikka asoslangan ko‘p markazli dunyo tartibini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shmoqda.

O‘zbekiston so‘nggi vaqtlarda mintaqa davlatlari bilan ishonchli munosabatlar va ochiq muloqotni mustahkamladi. Dolzarb ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarning aksariyat qismini ishonch va o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda hal etish bo‘yicha o‘zaro anglashuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!