Dunyo bo‘yicha davlat qarzlari yuz trillion dollardan oshdi

Dunyo bo‘yicha davlat qarzlari yuz trillion dollardan oshdi

Dunyo mamlakatlari zimmasidagi jami davlat qarzi 100 trillion dollardan oshdi. Xavotirli jihati, qarz jahon iqtisodiyotiga nisbatan tez o‘smoqda.

“RIA Novosti” Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotiga asoslanib tayyorlagan maqolada keltirilishicha, ekspertlar 2023 yil o‘rtalarida 178 mamlakat iqtisodiyoti va yalpi ichki mahsuloti haqidagi ma’lumotni o‘rganib chiqqan.

Jamlangan davlat qarzi ko‘rsatkichi markaziy hukumat, viloyatlar va munisipalitetlar qarzini hisobga oladi.

2023 yil sayyoramizdagi barcha davlatlar qarzi 5,8 foiz oshib, 101 trillion dollarga ko‘tarilgan. Jahon yalpi ichki mahsuloti qiymati esa sekinroq sur’atda – nominal ko‘rinishda 4,2 foiz o‘sib, 105,4 trillion dollarga yetgan. Natijada qarz o‘tgan yilgi 94,5 foizdan ko‘proq, ya’ni YAIMning 95,8 foizini tashkil qilgan.

Eng qo‘p davlat qarzi yer yuzidagi eng yirik iqtisodiyot egasi – AQShga tegishli – 37,5 trillion dollar. Bu raqam jahon iqtisodiyotining 35,6 foiziga teng. Ikkinchi o‘rinda 14,9 trillion dollar yoki jahon yalpi ichki mahsulotining 14,1 foizi bilan Xitoy bormoqda. Har ikki davlatning jamlangan davlat qarzi o‘tgan yilga mos ravishda 6 va 8 foiz oshgan. Jahon iqtisodiyotiga nisbat esa AQShda 0,8 foiz-punkt, Chin mamlakatida esa 0,5 foiz-punkt oshdi.

Birinchi uchlikka o‘tgan yil oxirida davlat qarzi 3 foiz kamayib, 10,6 trillion dollarni ko‘rsatgan Yaponiya ham kirgan. Binobarin, Yaponiya qarzining jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi bir yil avvalgi 10,8 foizdan 10,1 foizga tushgan.

O‘rganilgan davlatlar orasida o‘tgan yil yana sakkiz mamlakatning davlat qarzi jahon iqtisodiyoti 1 foizidan oshib ketgani ma’lum bo‘ldi: Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Hindiston, Germaniya, Kanada, Braziliya va Ispaniyada davlat qarzi jahon YAIMdagi umumiy ulushi bir yilda 79,1 foizdan 80,2 foizga ko‘tarilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!