“DP World” kompaniyasi vakillari “Arqbuloq” bojxona postida

“DP World” kompaniyasi vakillari “Arqbuloq” bojxona postida

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligidagi delegasiya joriy yilning 10-14 may kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib qaytgan edi.

Amaliy tashrif davomida Dubayning “DP World” kompaniyasi prezidenti Sulton Axmed Bin Sulaym bilan o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuvda bojxona sohasini raqamlashtirish bo‘yicha o‘zaro Anglashuv memorandumi imzolangan edi. Shuningdek, “DP World” kompaniyasi vakillarining O‘zbekistonga tashrifi ham rejalashtirilgan edi.

Nihoyat, ushbu kelishuv amalga oshib, bugun - 27 iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklarining “DP World” kompaniyasi vakili Sarah Alsuveydi xonim boshchiligidagi delegasiya Davlat bojxona qo‘mitasiga tashrif buyurdi.

Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan bojxona sohasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish, baholash va o‘z tavsiyalarini berish delegasiya tashrifining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Tashrif doirasida “DP World” kompaniyasi vakillari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga tashrifi tashkil etildi.

O‘zaro ochiq muloqot tazrida tashkil etilgan uchrashuvda Davlat bojxona qo‘mitasi Raisining birinchi o‘rinbosari I.Muxtorov, DP World tashkiloti vakillari, Davlat bojxona qo‘mitasi mas’ul boshqarma boshliqlari, Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i T.Saidov va mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yirik tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etishdi.

Tashrif davomida ishtirokchilariga “Arqbuloq” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona posti faoliyati tanishtirilib, xavflarni boshqarish tizimini qo‘llash, bojxona yuk deklarasiyalarini rasmiylashtirish hamda transport logistika masalalari yuzasidan amaliy muloqotlar o‘tkazildi.

Komil Kodirov,

“Ark buloq” bojxona posti inspektori


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!