Ruxsatnoma xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 5 yilga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz davrga beriladi.
Ruxsatnoma berish yoki bermaslik haqidagi qarorni Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi qabul qiladi.
Dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berilgandan so‘ng Markaz tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:
1️⃣ Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi:
hujjatlarni va dori namunalarini dastlabki ekspertizadan o‘tkazadi;
dastlabki ekspertiza ijobiy bo‘lsa, Markaz va ariza beruvchi o‘rtasida shartnoma tuziladi;
yig‘im to‘langandan keyin hujjatlar va dori namunalari ekspertizadan o‘tkazish uchun Markaz laboratoriyalariga, Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga, Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasiga beriladi.
2️⃣ Markaz laboratoriyalari:
hujjatlarni ma’muriy, kimyoviy, farmasevtik, biologik va texnik ekspertizadan o‘tkazadi;
normativ hujjatlarni baholaydi, dori namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi bo‘yicha sinov o‘tkazadi;
so‘ng sinov natijalarini, hujjatlarni Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qo‘mitalariga beradi.
3️⃣ Farmakopeya qo‘mitasi:
hujjatlarni ma’muriy, kimyoviy, farmasevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari natijalarini ekspertizadan o‘tkazadi;
mustaqil ekspertlarni jalb etib dorilarni ekspertizadan va takroriy ekspertizadan o‘tkazadi;
qo‘shimcha sinovlar o‘tkazish uchun Markaz laboratoriyalariga dori namunalari va hujjatlarini yuboradi;
dorilarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dorini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi.
4️⃣ Farmakologiya qo‘mitasi:
mustaqil ekspertlarni jalb etib farmakologik va dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazadi;
quyidagi hollarda dorilarni klinik tadqiqotlarsiz qo‘llash mumkinligi to‘g‘risidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi:
dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish natijalari O‘zbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dorilar taqdim etilganda;
dorining GMP, GCP, GVP talablari asosida yaratilganligi, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalanganligiga oid hujjatlar bo‘lganda;
O‘zbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning ijobiy xulosasi bo‘lganda.
Hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik tadqiqotlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida dorilarni ro‘yxatdan o‘tkazish yoki rad etish to‘g‘risidagi tavsiyalarni kiritadi.
5️⃣ Farminspeksiya yangi dori ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganda korxonaga borib zarur sharoitlarni o‘rganadi va sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotnoma beradi.
6️⃣ “Zarur amaliyotlar markazi” DUK dori ishlab chiqaruvchi korxonalarda “GMP” talablari mavjudligini tekshiradi va natijalarga ko‘ra xulosalarni Ekspertlar kengashiga beradi;
7️⃣ Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qo‘mitalari, shuningdek Markazning boshqa bo‘linmalari xulosalari asosida dorining qo‘llanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?
«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.
Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.
Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.
Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.
Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар – Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.
1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.
Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.