“Dizayn” jamoasi tadbirkorning 30 ming dollarini qaytarmayapti. Guruh barcha sudlarda yutqazgan

A A A
“Dizayn” jamoasi tadbirkorning 30 ming dollarini qaytarmayapti. Guruh barcha sudlarda yutqazgan

Xalqimiz kulgisevar. So‘nggi yillarda faoliyati yumorga asoslangan ko‘plab jamoalar paydo bo‘layotgani, ularning konsertlari hamisha gavjumligi, turli platformalarda millionlab marta ko‘rilayotgani buning isbotidir. Har qanday mashhurlik pul keltirishi mumkin, pul ortidan esa albatta qing‘irliklar ehtimoli ham tug‘iladi.

Aynan shunday vaziyat bugungi kunda ancha mashhur bo‘lgan “Dizayn” jamoasi bilan kuzatildi. Xushchaqchaq yigitlar sud qaroriga bo‘ysunishga, o‘zlari olgan va ishlatib yuborgan 30 ming dollarni to‘lashga shoshilishmayapti.

Hammasini bir boshdan boshlaymiz. Bugungi kunda “YouTube” videohostingi hammaning diqqatini o‘ziga qaratib olish bilan birga, katta pul ishlash imkoniyatini yaratgani hech kimga sir emas. Hazil-mutoyiba qiluvchi jamoalar konsertdan ham ko‘ra ko‘proq ana shu imkoniyat orqali pul ishlashayotgani ham bor gap. Qolaversa, konsertlar videolari tarqalaverar ekan, jamoa xizmatiga ham talab oshaveradi, u yog‘i an’anaviy to‘y-tomoshalar degandek...

Lekin qariyb ikki yildan beri davom etayotgan karantin holati turli tomoshalarni ancha cheklab qo‘ydi. Jamoalar ham ma’lum vaqt konsert bera olmay qolishdi. Ana shunday kunlarning birida tadbirkor Salohiddin Salomov va “Dizayn” jamoasi navbatdagi konsertni alladin.tv platformasida onlayn tarzda o‘tkazishga kelishib oladilar.

Og‘zaki kelishuv tuziladi: unga ko‘ra, “Dizayn” uyushtirilgan konsert uchun Salohiddin Salomovdan 60 ming dollar oladigan bo‘ladi. Konsert dasturi Salohiddin Salomovga qarashli “ALADDIN-TM” MCHJga tegishli platformada joylashtirilishi, keladigan daromad (tushum) “ALADDIN-TM” MCHJga 70 foiz va “Dizayn”ning huquqiy egasi bo‘lgan “DIZAYN PRO” MCHJga esa 30 foiz nisbatida taqsimlanishiga kelishiladi.

Ish boshlanishidan oldin Salohiddin Salomov “Dizayn” jamoasi yigitlari – Dilshod Musabekov, Qobil Karimberdiyev, Abdurahmon Mavlonov va Sa’dulla Fatxullayevlarga 30 ming dollarni tilxat asosida beradi.

Shu yerda diqqat qaratish zarur bo‘lgan nuqta bor: bu to‘rtovlon hamma joyda “Dizayn” jamoasining timsollari bo‘lishsa-da, “DIZAYN PRO” MCHJning rasmiy direktori D.Umurzakovdir. Ya’ni keyinchalik sud e’tibor qilgan jihat: bu yigitlarda jamiyat nomidan pul olish vakolati bo‘lmagan. Shuningdek, olingan pullar ham tegishli tartibda bankka kirim qilinmagan.

Shunday qilib, 30 ming dollar beriladi, “Dizayn” yigitlari konsertga tayyorgarlikka kirishadilar. G‘oya bir qarashda ajoyib edi – hamma karantinda zerikib o‘tirgan bir paytda, 2020 yil 20 dekabr kuni “YouTube” orqali onlayn konsert dasturini namoyish qilish rejalashtirilgan.

Ammo Salohiddin Salomov ma’lum sabablarga ko‘ra to‘lovning ikkinchi qismi – qolgan 30 ming dollarni bermaydi. Tomonlar o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. Shu tufayli konsert e’lon qilingan muddatda namoyish etilmaydi. Oradan bir necha kun o‘tib, ya’ni 2020 yilning 29 dekabrida bu konsert baribir “YouTube” orqali namoyish etiladi. Faqat “Dizayn” jamoasining o‘ziga tegishli sahifa va o‘zbek shou-biznesida mashhur platformaga aylangan “RizaNova” internet portalida joylanadi. Shu bilan Salohiddin Salomov va unga tegishli “ALADDIN-TM” amalda na pulsiz, na mahsulotsiz qoladi.

Bu holat kelishmovchiliklarni ancha jiddiylashtiradi. Tortishuvlar natija bermagach, Salohiddin Salomov qiziqchi yigitlar ustidan ichki ishlarga ariza beradi. Toshkent shahri Chilonzor tumani IIB “Dizayn” yigitlari harakatida jinoyat alomati yo‘q deb topadi va da’vogarga mablag‘ni undirish bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.

Ish sudgacha boradi, qator mahkamalardan keyin 2021 yil 7 may kuni Toshkent shahri Uchtepa tumanlararo sudida, sudya D.Hasanov raisligida hal qiluvchi sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda da’vogarning advokati da’voni tasdiqlab, o‘tkazilishi kerak bo‘lgan konsertga chiptalar sotilgani, reklama uchun xarajatlar qilingani, ammo konsert bo‘lmagani uchun reklama xarajatlariga kuyish bilan birga chiptalar pulini ham qaytarib berishga majbur bo‘linganini bildirgan.

Javobgarlar, Dilshod Musabekov, Qobil Karimberdiyev, Abdurahmon Mavlonov, Sa’dulla Fatxullayev va “DIZAYN PRO” MCHJ direktori D.Umurzakovlar esa da’voni rad etishni so‘rashadi hamda da’vogar tomonidan kelishuvdagi 60 ming dollar to‘liq berilmagani, 30 ming dollar esa konsertga tayyorgarlik xarajatlariga sarflanganini, konsertdan keyin o‘zaro gaplashib, kelishganlariga qaramay S.Salomov yana da’vo qilayotganini bildirishadi.

Sud tomonlarning vajlarini eshitganidan so‘ng da’vogarning talabini qisman qondirish, ko‘rsatilgan mablag‘ va uning ma’lum foizi, davlat bojini hisobga olgan holda 336 mln so‘m pulni to‘rtovlondan undirish haqida hal qiluv qarori chiqarib beradi.

“Dizayn” jamoasi ham taslim bo‘lmaydi. Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati kiritishadi. Ammo bu dargohda ham qiziqchilarning ishi yurishmaydi va 2021 yilning 3 avgustida sudya D.Abduqahhorova raisligida oldingi hal qiluv qarorini o‘z kuchida qoldirish haqida ajrim chiqariladi.

“Dizayn”chilar yana bo‘sh kelishni istashmadi va Oliy sudgacha borishdi. Kassasiya instansiyasida ko‘rilgan ish 14 oktyabr kungi ajrim bilan quyi instansiya sudlari qarorini o‘z kuchida qoldirish bilan yakun topdi. Qiziqchilarning shikoyati bu safar ham rad qilindi.

Bir qarashda endi hammasi tugagandek, so‘z ustalarining pul to‘lashdan boshqa ilojlari qolmagandek edi. Qarorlar qonuniy kuchga kiradi, tegishli hujjatlar MIBga yuboriladi, MIB esa o‘z navbatida ijro ishi qo‘zg‘atadi.

Ammo endi undiruvchi mushkul muammo qarshisida qolmoqda. Mana, sudning qarori qonuniy kuchga kirganiga ham bir necha oy bo‘libdiki, hali u biror so‘m mablag‘ undira olgani yo‘q. Hamma joyi risoladagidek hujjat undiruvga ojizlik qilyapti.

Gap shundaki, MIB vakillari qiziqchi yigitlarda pul yo‘qligiga “ishonishmoqda” yoki ularga tegishli mol-mulkka band solib, undiruvni tezlatishga hayiqishmoqda shekilli, ish bir joyda depsinib turibdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, 336 132 799 so‘m undirish bo‘yicha ijro varaqasi byuroning tegishli hududiy tuman bo‘limlariga yuborilgan.

Qarzdorlarning ikkitasiga Yunusobod va yana ikki nafariga Chilonzor tuman MIBda ijro ishi yuritilmoqda.

Guruh a’zolarining barchasining nomiga rasmiylashtirilgan mol-mulklarni aniqlash maqsadida tegishli tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilgan. Nomiga rasmiylashtirilgan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalariga notarial holatlarni amalga oshirolmaslik uchun taqiqlar qo‘yilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Abdurahmon Mavlonovning ish haqidan 50 foiziga qaratish uchun uning ish joyiga talabnoma yuborilgan.

Qobil Karimberdiyevning 2 ta va Dilshod Musabekovning 1 ta avtotrancport vositasiga taqiq qo‘yilgan.

Abror Zohidov

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Husanov yulduzlarni qanday qilib zaxiraga mixladi?

Таниқли россиялик шарҳловчи Александр Елагин ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйинини юқори баҳолаб, уни “Манчестер Сити”да мавсум кашфиёти деб атади.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

"Real" "Manchester Siti"ning to‘rt nafar futbolchisini kuzatmoqda

Мадриднинг "Реал" клуби "Манчестер Сити"нинг бир нечта юлдузлари билан шартнома имзолаш имкониятини кўриб чиқмоқда.

Super Chess Classic. Sindarov musobaqada 3-o‘rinni egalladi

Руминия пойтахти Бухарест шаҳрида шахмат бўйича Grand Chess Tour 2026 туркумига кирувчи халқаро турнирнинг иккинчи босқичи — Super Chess Classic мусобақаси якунига етди.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.