PFLning sobiq direktori Davron Shoqurbonov 21 may kuni o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shatilgandi. Tashkilotning yangi rahbari bo‘lish uchun PFL direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Diyor Imomxo‘jayev tavsiya qilingan va uning nomzodi qo‘llab-quvvatlangan. U tez orada rasman tashkilotning vaqtincha rahbari sifatida e’lon qilinishi kutilmoqda.
PFL rasmiy saytida Shoqurbonovning vazifasidan ozod etilgani va uning o‘rnini kim egallashi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Shoqurbonov tashkilotda birga ishlagan xodimlar bilan iliq xayrlashgan hamda barchaga omad tilagan.
Eslatib o‘tamiz, Davron Shoqurbonov 2019 yil 17 iyunda PFL direktori etib tayinlangandi. Sobiq qanot hakami bo‘lgan Shoqurbonov PFL direktorligiga kelishdan avval «Bunyodkor» klubida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Uning keyingi faoliyatiga aniqlik kiritilmagan.
Ma’lumot uchun, Diyor Imomxo‘jayev 2017 yildan buyon PFLda faoliyat yuritib keladi. U dastavval tashkilot direktori maslahatchisi, keyinchalik direktor o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.
Washington Post газетаси ҳам илгари Москва Эронга Яқин Шарқдаги Америка кучларига ҳужумлар учун разведка маълумотларини тақдим этаётгани ҳақида хабар берган эди.