Diqqat! 1 fevraldan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari sotuvga chiqarilmaydi

Diqqat! 1 fevraldan boshlab qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari  sotuvga chiqarilmaydi

Diqqat! 1 fevraldan boshlab barcha turdagi qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari  sotuvga chiqarilmaydi. Bu haqda Toshshahartransxizmat Matbuot xizmati xabar berdi.

"2021 yil 1 fevraldan boshlab barcha turdagi (talaba, o‘quvchi, nafaqa hamda aholi uchun) mo‘ljallangan qog‘oz ko‘rinishidagi oylik yo‘l chiptalari  sotuvga chiqarilmasligini ma’lum qilamiz. 

Shuningdek, 2021 yil 1 fevraldan boshlab imtiyozli elektron oylik yo‘l chiptalari uchun belgilangan kunlik tariflar faollashtiriladi (aktivlashtiriladi).

Shu bilan birga, elektron oylik yo‘l chiptalarini birinchi bor xarid qilayotgan yo‘lovchilarning transport kartalarida 30 kunlik tarif avtomatik tarzda yoqiladi. 

Eslatib o‘tamiz, sotib olingan elektron oylik yo‘l chiptalaridagi tariflar birinchi to‘lovni amalga oshirgan kundan boshlab, tarifda belgilangan kunga qadar amal qilinadi.

Qo‘llanma: Barcha turdagi transport kartalari 3 yil muddat foydalanish uchun taqdim etiladi. Har oy yangi elektron oylik yo‘l chiptalari harid qilish lozim bo‘lmaydi. Faqatgina o‘zingizga qulay tariflarni yuklab olish kifoya bo‘ladi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!