Dilbar Ikromova qanday hayot kechirgan edi?

A A A
Dilbar Ikromova qanday hayot kechirgan edi?

Muxlislariga goh Nigora, goh Sotti (“Kelinlar qo‘zg‘oloni”) bo‘lib zavq ulashgan va yo Momo (“Chimildiq”) timsolida hayotiy saboq bergan, bir qarasak, munisu mushfiq, ammo bardoshi tog‘dek zalvorli ona (“O‘zbekcha raqs”, “Qirmizi olma”) siymosida tomoshabinni hayratga solgan O‘zbekiston xalq artisti Dilbar Ikromova bugun olamdan o‘tdi.

Dilbar Ikromovaning sahnada sho‘x-shaddod, “o‘zini xafa qildirib qo‘ymaydigan”, biroq aslida esa o‘ta kamtar, sodda va samimiy inson bo‘lganligini ko‘pchilik bilmasa kerak.

Dilbar Ikromovaning otasi Ilhombek O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, onasi Jamilaxon uy bekasi bo‘lgan. Oilasida sakkiz farzand bo‘lib, Dilbar Ikromova ikki o‘g‘il, olti qizning uchinchisi bo‘lgan.

– Yoshligimda tortinchoq, bir chetda jimgina o‘tiradigan qizaloq edim, – degan edi aktrisa biz bilan suhbatda. – Onam sendan aktrisa chiqmaydi, qo‘y, bu orzuing­ni, degan. Otam esa meni qo‘llash bilan birga monolog o‘qib, turli asarlardan parcha aytib, biz farzandlarini hayratga solardi. (Qo‘shimcha, Dilbar Ikromova yana bir intervyuda aytgan edi: Otamga onam institutga ruxsat bermaganini aytgandimda, “Hech kimga indamay”, hujjatlaringni topshirib kelaver, deya meni ruhan qo‘llab-quvvatlagan. Imtihonda hay’at-a’zolarining birinchi savoli esa: “Siz maktabni bitirganmisiz? 5-6 sinf o‘quvchisiga o‘xshar ekansiz”, deb kulishgandi. Keyin “Qaysi asardan parcha o‘qib berasiz?”, deyishganida “Boy ila xizmatchi”dagi Sifat buvini”, desam yana kulgi ko‘tarilgan. Mahoratli ijro etib, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tganman). O‘qishni bitirib, teatrda ishlay boshlaganimni eshitgan qo‘ni-qo‘shni, tanish-bilish avvaliga ishonmagan. “Yo‘g‘-e, bor-yo‘qligi bilinmaydigan qizdan qanday artist chiqadi?”, – deyishgan.Dilbar Ikromova qanday hayot kechirgan edi?

– O‘zim ham biror rolni qoyil qildim, deyolmayman-u, ammo yaratgan obrazlaringiz orasida qaysi biri o‘zingizga ko‘proq ma’qul, degan savolga doim “O‘zbekcha raqs”dagi Ona, deyman. O‘zbekiston xalq artisti Turg‘un Azizov sahnalashtirgan ushbu asar ssenariysini o‘qiganimdayoq shu obrazga bog‘lanib qoldim. Ustozimiz Turg‘un aka “Dilbar, bu rolda sendan boshqani tasavvur qilolmadim”, deya ishonch bildirgani menga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Bir olam orzu-umid bilan yashayotgan ona yolg‘iz o‘g‘li rus qizni uyga yetaklab kelgach, har qancha og‘ir bo‘lmasin, ajnabiy kelinni qabul qiladi va ko‘p qiyinchiliklardan so‘ng uni haqiqiy o‘zbek ayoliga aylantirishga erishadi. Oddiy o‘zbek onasining oilaga, farzandga, millatga sadoqati tarannum etilgan ushbu sahna asari ko‘pchilikka ma’qul bo‘layotganidan mamnunman. Hamkasblarim ham sahnada rolingizni emas, o‘zingizni ko‘rganday bo‘ldim, deyishganda, ko‘nglim ko‘tariladi. “Chimildiq”dagi momo obrazini ham ko‘pchilik e’tirof etadi. Haqiqatan, ayollarimizni ancha o‘zgartirib yuborgan bugungi kun uchun ana shunday nuktadon, zukko momolar juda zarur. Hozirgi yoshlarga, kelinu qizlarga qulog‘iga olsa-olmasa, asardagi bir gapni aytgim keladi: shunday yashangki, yetti pushtingizda nobop farzand chiqmasin… Kasbimning shu jihatini yaxshi ko‘ramanki, hayotimizda uchraydigan har xil holatlar, dilxiraliklarni ikki soatlik spektakl davomida unutaman. Boshqa dunyoga olib ketadigan sahnada hayotim tugamasaydi, shu tarzda davom etaversaydi, deyman…

Ayrim aktyorlar o‘zini yo teatrga, yo kinoga xos, deb hisoblaydi va shunga yarasha rol tanlaydi. Dilbar Ikromova esa aksincha, qaysi rolga munosib ko‘rishmasin, rejissyor ishonchini oqlashga uringan, epizodik rolni ham tomoshabinning yodidan chiqmaydigan tarzda qiyomiga yetkazgan. “Drama janrida o‘ynasam, komediyani sog‘inib qolaman yoki komediya bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lib qolsam, jiddiyroq obrazlarni qo‘msayman, – degan edi Dilbar Ikromova. – Ikkalasi aralashgan asar bo‘lsa, sahnada yanayam mazza qilib “yashayman”.

Dilbar opa o‘z volidasining oilaga, farzand­larga nisbatan sadoqatini doimo to‘lib-toshib gapirar edi:

– Otam insult bo‘lib, o‘n besh yil yotgan. Mushtipar onaginam­ning shuncha vaqt biror marta bo‘lsin, “voy” deganini eshitmadik. Avvalgi onalar soddaroq bo‘lgan ekan, shekilli-da…

– Onam doim “O‘zbekiston xalq artisti» unvonini olganingni ko‘rsam, armonim yo‘q edi. Keyin o‘lsam ham mayli edi” derdi. Aytganidek, unvon olganimdan bir oy o‘tib, 84 yoshida vafot etdi. Otam esa 74 yoshida olamdan o‘tgan. Yorug‘ kunlarni ko‘risholmadi, deb o‘kinaman

Sevimli yozuvchimiz Said Ahmad Dilbar opaga: “Farmonbibining ayrim xislatlarini sening oyingdan olganman”, degan ekan. Haqiqatan, Farmonbibi o‘nta bo‘lsa, o‘rni boshqa deb, nafaqat farzandlarining har biriga, balki nevara-yu evaralargacha g‘amxo‘rlik qilishga kuch topib, bir olam mehr ulasha oladigan o‘zbek onalarining yorqin timsoli edi. Dilbar Ikromovaning ham yolg‘iz o‘g‘liga cheksiz bo‘lgan muhabbatini, nabiralariga bo‘lgan ulkan mehrini so‘zi, ko‘zlari “aytib” turardi.

– Nabiramga kitob sovg‘a qilishni odat qilganman, – degan edi opa sevinib suhbatimiz davomida. – Bir gal o‘yinchoq olib borsam, “Buvijon, o‘zingiz aytgansiz-ku, eng yaxshi sovg‘a kitob, deb. Nega o‘yinchoq olib keldingiz” degan. Juda xursand bo‘lganman. Haqiqatan, kitob – bilim, kitob – hayot. Biz talabalik davrimizda ham o‘zbek, ham dunyo adabiyotini muntazam o‘qib borardik. Hozirgi ayrim yoshlar chet el adabiyotining nodir namunalarini eshitmagan ham. Mana, endi kitobxonlik davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Xudo xohlasa, bilimdon yoshlarimiz ko‘payadi…

O‘zi qahramonlaridek samimiy, sodda, ammo so‘zining yuki zalvorli bo‘lgan Dilbar Ikromovaning oxirati obod bo‘lsin.

Manba: fikrat.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Barsa” mashhur futbolchisidan voz kechadigan bo‘ldi

“Барселона” раҳбарияти жамоанинг франциялик легионери Жюль Кунденинг клубдан кетишига тўсқинлик қилмоқчи эмас, аксинчи унинг трансферини қўллаб-қувватлайди.

Eron AQSh prezidentining yangi tahdidlariga javob qaytardi

Трампнинг таҳдидлари ва АҚШнинг Харг оролига берган зарбаларидан сўнг, Эрон Яқин Шарқдаги нефт-газ ва энергетика инфратузилмасини бутунлай йўқ қилиш ҳамда Боб ал-Мандеб бўғозини ёпиш билан таҳдид қилди

Tramp Eronning "g‘alabasi" haqidagi da’vosidan g‘azablandi

Трамп бу ҳақда ўзининг Truth Social саҳифасида ёзди.

Tramp iste’foga chiqadi(mi)?

Трампни рақиблари унинг Эронга қилган таҳдидларидан сўнг, президентни “руҳий жиҳатдан носоғлом” деб атаб, уни истеъфосини талаб қилишмоқда.

Isroil Tehrondagi yahudiylar ibodatxonasiga zarba berdi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Эсмаил Бағайи бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида ёзди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Andijonda hokim o‘rinbosari pora bilan ushlangani aytilmoqda

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга кўра, Андижон вилояти ҳокимининг ўринбосари И.Исманов 50 минг доллар пора олаётганда қўлга олинган.