Kichik qiymatli davlat xaridlarining soddalashtirilgan tartibi va xaridlarning ikki bosqichli shakli joriy etilmoqda. Bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlar (xizmatlar)ni markazlashtirilgan xarid organi orqali xarid qilishi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, qonunchilikka doiraviy kelishuv amaliyoti va barqarorlik prinsipi ham kiritildi.
Prezident "Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunga davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonunni imzoladi.
"Davlat xaridlari to‘g‘risida"gi qonunga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda:
xarid tartib-taomillarining yangi turlarini (kichik qiymatli xaridning soddalashtirilgan tartibi, ikki bosqichli davlat xaridlari) joriy etish;
barqarorlik prinsipi, markazlashtirilgan davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmi, doiraviy kelishuvni tuzish va amalga oshirish tartibini belgilash;
davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqishda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish choralari.
Shunday qilib, ikki bosqichli davlat xaridlari deganda bir shartnoma bo‘yicha ma’lum qiymatdagi texnik jihatdan murakkab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlarini amalga oshirishning ikki o‘zaro bog‘liq bosqichda o‘tkaziladigan raqobatbardosh usuli tushuniladi.
Endi bir nechta davlat buyurtmachilari bir xil turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni markazlashtirilgan xarid organi orqali markazlashtirilgan tarzda xarid qilishlari mumkin. Bu organ Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Markazlashtirilgan xarid organi tomonidan xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati maxsus axborot portalida e’lon qilinadi.
Shuningdek, davlat buyurtmachisi eng yaxshi takliflarni tanlash yoki tender natijalari bo‘yicha aniqlanadigan bir nechta g‘oliblar bilan 1 yildan 3 yilgacha muddatga doiraviy kelishuv tuzishi mumkin.
Bir shartnoma bo‘yicha BHMning 50 baravaridan ko‘p bo‘lmagan summadagi (byudjet buyurtmachilari uchun – BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan summadagi) davlat xaridlari xarid komissiyasining ishtirokisiz, lekin bir moliya yili davomida bir korporativ buyurtmachi uchun BHMning 1000 baravaridan ko‘p bo‘lmagan summa va bir moliya yili davomida bir byudjet buyurtmachi uchun BHMning 500 baravaridan ko‘p bo‘lmagan summaga o‘tkazilishi mumkin.
Bunda g‘olib davlat buyurtmachisi tomonidan ochiq axborot manbalaridan olingan narxlarni taqqoslash yoki davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risida e’lon joylashtirmasdan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning kamida 3 ta potensial yetkazib beruvchisidan narxlarni so‘rash orqali aniqlanadi.
Hujjat 2025 yil 27 fevraldan kuchga kiradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.
Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.
Ҳодиса оқибатида енгил машина ҳайдовчиси ва олд ўриндиғидаги йўловчи — ҳайдовчининг синфдоши бўлган бола оғир тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.
Буни тасаввур қилиш учун айтиш мумкинки, бу бино Ню-Ёркнинг осмонўпарлар ўрмонида ҳам ўзини йўқотмай, Empire State Building ва One World Trade Center томидан ҳам баланд кўтарилади.
Вазирлик томонидан қайд этилганидек, мамлакатда амалга оширилаётган бундай янгиликлар табиий компонентлар асосидаги юқори сифатли дори воситалари орқали биофармацевтика саноатини ривожлантириш имконини беради.
Шифокорларнинг саъй-ҳаракатларига қарамай, юз, бўйин, қўл, оёқ ва сон қисмларидан куйиш жароҳатларини олган икки бола ҳам вафот этди, дейилади хабарда.
Трампнинг йирик божлар жорий этиши жаҳон бозорларининг кескин пасайишига сабаб бўлди, деб хабар бермоқда Bloomberg. Дунёнинг энг бадавлат 500 кишиси бир кунда уларнинг бойлиги 208 миллиард долларга камайганини кўрди, ярмидан кўпи ўртача 3,3 фоизга камайган.