Dana Uayt UFC prezidentligidan ketdimi?

Dana Uayt UFC prezidentligidan ketdimi?

Dunyoning eng kuchli MMA ligasida katta o‘zgarishlar ro‘y berganidan xabaringiz bor.

Bundan besh oy oldin UFC promousheniga egalik qiluvchi Endeavor investision guruhi WWE restler ligasini ham sotib olgandi. Ushbu ikki birlashgan kompaniya Nyu-York fond birjasida taqdim etildi va o‘sha ondan boshlab Dana Uayt endi UFC prezidenti emas. U boshqaruv kengashi tomonidan promoushenning bosh direktori lavozimiga tasdiqlandi.

"Kelajagimizdan hayratdaman. Biz amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlardan siz ham hayratga tushasiz. Ikki promoushen birlashganidan so‘ng biz yanada katta kuchga ega bo‘ldik. Men hamon UFC`dagi jarayonni nazorat qilaman, boshqaraman. Bu borada hech narsa o‘zgargani yo‘q. UFC yangi bosqichga ko‘tariladi.", - dedi Uayt Las-Vegasda o‘tgan matbuot anjumanida.

Birlashgan kompaniya 21.4 milliard dollarga baholanyapti. Shundan 12.1 milliardi UFC, qolgan 9.3 milliard dollari WWE ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!