Dahshatli qotillik! 2012 yilda Eski Jo‘va bozorida yo‘qolgan qizning jasadi endi topildi

Dahshatli qotillik! 2012 yilda Eski Jo‘va bozorida yo‘qolgan qizning jasadi endi topildi

Hali 18 yoshga to‘lmagan qiz shu paytgacha bedarak yo‘qolgan deya hisoblab kelingan aslida esa qotil uning o‘gay otasi bo‘lib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, marhuma oxirgi marta 2012 yilning 25 sentyabr kuni «Eski jo‘va» bozoriga onasidan 9 yosh kichik bo‘lgan, sha’riy niohdan o‘tgan, ular bilan birga yashagan o‘gay otasi S.T. chaqirgani uchun borgan va shundan so‘ng daragi bo‘lmagan, deb yozmoqda Vugun.uz

Mazkur holat yuzasidan 2012 yil 11 noyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan odam o‘g‘irlash holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov natijalariga ko‘ra, aybdor shaxsni aniqlash imkoni bo‘lmagani uchun ish bir necha bor harakatdan to‘xtatilgan.

Jinoyat ishi 2020 yil 1 aprel kuni Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganib chiqilgach, qizning bedarak yo‘qolgan holatida qasddan odam o‘ldirish jinoyati alomatlari mavjudligi sababli ish qayta tergov olib borish uchun poytaxt prokuraturasiga yuborilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor tadbiri natijasida qiz qotillik qurboni bo‘lgani, o‘ta og‘ir jinoyatlar turiga kiruvchi qasddan odam o‘ldirish jinoyati 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan S.T. tomonidan sodir etilgani aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak marhum qizning onasi bilan shar’iy nikohdan o‘tib, uning uyida yashab kelgan. Bundan xabar topgan S.T.ning ota-onasi uni Surxondaryoga chaqirib, uylantirib qo‘ygan. S.T.ning oila qurganini bilgan ayol janjal ko‘targan, oqibatda erkak qonuniy nikohidan ajragan. Marhumaning onasi esa oilani moddiy ta’minlash uchun Turkiyaga ishlagani ketgan.

Shundan so‘ng har ikki oilasidan ajralgan S.T. qasd olish uchun birinchi ayolining farzandlari bilan uchrashib yurgan va qulay fursatni kutgan. Qotillik sodir bo‘lgan kunda o‘gay qizini bozorga chaqirib, qizni sobiq shar’iy xotinining uyidagi yerto‘laga olib borgan. Qizning bo‘yin qismini choyshab bilan bo‘g‘ib, o‘ldirib, jasadni yerto‘laga ko‘mib qo‘ygan.

Ayblanuvchining ko‘rsatmasiga ko‘ra, Parkent tumanidagi dala hovli o‘rganilganda haqiqatan ham uy yerto‘lasida odam suyaklari borligi ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan 37 yoshli S.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (Javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish jinoyatini sodir etgani uchun viloyat sudi tomonidan 20 yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Hozirda Turkiyada yashayotgan marhumaning onasi bunga o‘zi ham aybdor ekani, begona erkakni rahmi kelganidan uyiga olib kirgani, uyida erkak bo‘lishini xohlaganini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!