Dahshat! Moskvada 7 yoshli maugli-bolakayning o‘ligi topildi

Dahshat! Moskvada 7 yoshli maugli-bolakayning o‘ligi topildi

Moskvadagi kvartiralardan biridan 7 yoshli bolakayning jasadi topildi. Xabarlarga ko‘ra, u hayoti davomida deyarli ko‘chaga chiqmagan. Qolaversa, autizmga chalingan bolakay axlatlar orasida yashagan.

Bolaning ota-onasi ajrashib ketgan, u bobosi va buvisining qo‘lida qolgan. Qo‘shnilarning aytishicha, uy umuman toza turmagan, chunki bolakayning bobosi uyida axlat paketlarini olib kelavergan.

Fojia 12 mart kuni sodir bo‘lgan. Bolakayning jasadini uning onasi topgan. Ayol qo‘shni xonada xirillash ovozini eshitgan va bolaga yordam berishga uringan, ammo ulgurmagan. Shifokorlar bolakay yurak to‘xtab qolishi natijasida halok bo‘lganini aytishdi.

Eslatib o‘tamiz, bu birinchi holat emas. Oldinroq yana bir kvartirada maugli-qizning jasadi topilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!