Dahshat! Farg‘onada jinoiy guruh er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirdi

A A A
Dahshat! Farg‘onada jinoiy guruh er-xotinni vahshiylarcha o‘ldirdi

Umr yaratganning bandalariga bergan bebaho in’omidir. Shu bois o‘zga shaxsni tiriklik ne’matidan bebahra etib, uning hayot shamini bevaqt o‘chirishga hech kim haqli emas. Buni Bosh qomusimizning 13-moddasida qayd etilgan «O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi» degan konstitusiyaviy qoida ham tasdiqlaydi.

Ammo O‘zbekiston tumanida yashovchi Ravshanbek Mirzayoqubov bo‘ynidagi qarzidan qutulish maqsadida qabih jinoyatga qo‘l urdi. Ustiga-ustak tanishlari Fazliddin Tolipov va Sobirjon Ostanaqulovni ham o‘zining jinoyatiga sherik qildi.

Tergov va sud jarayonida aniqlanishicha, Ravshanbek goh shaxsiy «Matiz» rusumli avtomashinasida kirakashlik qi­lar, ba’zida esa, qassob­chi­lik­ bilan ham mashg‘ul bo‘­lardi. Biroq topganini rasamati bilan sarflamagani bois qo‘lida pul turmasdi. Shuning uchun 2019 yilning oktyabr oyi ho­latiga ko‘­ra, elektr energiyasidan 16 000 000 so‘m qarz bo‘­lib qoladi. Oqibatda Majburiy ijro byurosi xodimlari uning uyi­ni elektr tarmog‘idan uzib ketishadi. Qolaversa, o‘sha paytda R. Mirzayoqubovning boshqa tanishlaridan ham qarzi ko‘payib ketib, haqdorlar eshigini qo­qib kelaverishadi. Hisoblab ko‘rsa, jami qarzi 27 000 000 so‘mga yetib qolgan ekan. Shunda «Nima qilsam bo‘larkin, bu qarz balosidan qanday qutulsam ekan?» — degan o‘y uning fikru xayolini egallab oladi. Oxir-oqi­bat birorta puldor kimsanikiga o‘g‘irlikka tushishni rejalashtiradi. Bu xususda Fazliddin va Sobirga aytganida, ular ayni rejani ma’qullashmaydi.

Buni qarangki, ana shu jinoiy qilmishni amalga oshirish uchun bosh qotirib yurgan kunlari — 2019 yil dekabr oyining boshlarida u Qo‘qon shahriga, S. Ostanaqulov ustachilik qilayotgan bir xonadonga yordamga boradi. O‘sha damda xonadonga qo‘shni bo‘lgan Do‘stmurod Halimovning shaharning eng obod mahallalaridan hovli sotib olmoqchiligidan xabar topadi. «Ho­zir­gi paytda shahardagi hov­­li­lar­ning o‘rtacha narxi sakson ming dollardan kam emas. Demak, Do‘stmurod akaning shuncha puli bor ekan-da?» — degan o‘y keladi birdan uning xayoliga.

— Hovli olaman, deyishiga qaraganda akaxonda pul serob shekilli. Uning uyiga bir mehmon bo‘lsakmikan-a? — deya u maslahat soladi Fazliddin va Sobirjonga.

— Bu gapni xayolingdan chiqar. Nima besh-olti yil «o‘tirib» kelmoqchimisan? — deb uni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘­lishdi oshnalari.

Lekin R. Mirzayoqubovga bu nasihatlar kor qilmadi. Chunki u qanday yo‘l bilan bo‘lmasin qarzidan qutulishni o‘y­lardi. Shuning uchun yangi yil bayrami o‘tgan dastlabki kunlarning birida kechqurun Ravshanbek D. Halimovning ko‘chasiga «razvedka»ga bordi. Ya’­ni Do‘stmurod akaning xonadoni atrofida kuzatuv kamerasi bor-yo‘qligini bilib, tekshirib keldi.

Hatto o‘sha uyga qo‘sh­­nining devori va to­mi or­qali tushishni ham mo‘ljalladi.

Shundan so‘ng — 2020 yil 5 yanvar kuni u tungi soat 23.00 larda «Matiz» avtomashinasida F. Tolipov va S. Ostanaqulovni Do‘stmurod Halimovning xonadoni yaqiniga boshlab bordi. Ammo bu gal Fazliddin ham, Sobir ham unga qarshilik qi­lishmadi. Ak­sincha, Ravshanga «beminnat» yordam berish uchun uning ortidan ergashishdi. Eng qi­zi­g‘i, u uyidan chiqayotganda skotch, arqon, uch juft qo‘lqop sotib olishni, shuningdek, qassobchilikda foydalanadigan 2 dona pichog‘ini ham olishni unutmagandi. Bu esa, uning maqsadi faqatgina o‘g‘ir­lik emas, qarshilikka duch kelsa, qotillik qi­lishni ham rejalashtirganidan dalolat beradi.

Xullas, shundan so‘ng ular ancha beriroqda o‘g‘irlikka tushish uchun qulay payt poylab o‘tirishadi. Soat millari 2020 yil 6 yanvar tungi 1.30 larga yetganda boyagi ashyolar bilan qurollanib, boshi va qo‘l­lariga niqob ki­yib, D. Halimovning hovlisiga devordan oshib tushishadi. R. Mirzayoqubov qo‘lida pichoqni ko‘rib, F. Tolipov «aqlingni yig‘ib ol» deydi unga. Koshki edi o‘sha damda R. Mirzayoqubovning qo‘log‘iga gap kirsa.

Shundan so‘ng uchchovlon hovlidan uyga kirishadi. Shunda di­vanda uxlab yotgan shaxs qi­mirlab qoladi. Buni ko‘­rib, ular birdan to‘xtashadi. So‘ng divan yoniga borib, odeyal ustidan pichoq sancha boshlashadi. Kutilmagan hamladan esankirab, boshini ko‘targanda esa, jabrlanuvchi D. Halimovning turmush o‘rtog‘i Manzura Odiljonova ekanini bilib qolishadi. Keyin ayol dod solmasligi uchun badanining yana duch kelgan joyiga pichoq sanchishadi. Shu mahal Do‘stmurod aka ham cho‘chib uyg‘onib ketadi va o‘r­nidan turib, R. Mirzayoqubovni tepib yuboradi. Bundan esa, «qahramonimiz» battar tutoqib ketadi. Natijada unga ham tashlanib, xonadon sohibining duch kelgan joyiga pichoq sanchaveradi. Ammo bu bilan ham qanoatlanmay Manzura opaning bo‘yniga pichoq tortib yuboradi. So‘ng Fazliddin va Sobirning ko‘magi bilan D. Halimovni ham shunday usulda shafqatsizlarcha o‘ldiradi.

Biroq bosqinchilar xonalarni, jovon va sandiqlarni titkilab ham pul topa olishmaydi. Keyin jinoiy rejalari amalga oshmaganidan xunoblari oshib, Furqat tumanining Qo‘­qonboy qishlog‘iga kelishadi. Bu yerda esa, videokuzatuvga tushib qolganliklaridan shubhalanib, kiyimlar, arqon, qo‘lqop, skotch, niqob va pichoqlarni benzin sepib yoqib yuborishadi.

Buni qarangki, qotillikdan keyin hech qancha fursat o‘tmay, F. Tolipov Qozog‘istonga, S. Ostanaqulov esa, Rossiya davlatiga ketish orqali jinoiy javobgarlikdan qochishga urinishadi. Faqat R. Mirzayoqubov aybini bo‘y­niga olib, ichki ish­­lar bo‘limiga murojaat qiladi.

Albatta, qilni qirq yorgan qonun himoyachilari uning ko‘r­satmalari asosida Fazliddin va Sobirni ham tutib kelishadi. Oqibatda qotil hamtovoqlarga nisbatan ji­noyat­ ishi qo‘zg‘atiladi. Ji­noyat ishlari bo‘yicha Far­g‘ona viloyati sudida esa, ush­bu ish ko‘rib chiqildi. Ya’ni sud R. Mirzayoqubovni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qis­mi “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari, F. Tolipovni kodeksning 97-moddasi 2-qis­mi “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari, S. Ostanaqulovni ko­deks­ning 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i”, “p” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “v”, “g” bandlari bilan aybdor deb topdi. Shunga binoan, R. Mirzayoqubovni umrbod, F. Tolipov va S. Ostanaqulovga esa uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qi­lish jazosi tayinladi. Shuningdek, sud hukmida ularga Jinoyat kodeksining 76-moddasi tartibida avf etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi borligi tushuntirildi.

Shu o‘rinda bir gap. Jinoyat­ ishi materiallariga ko‘ra, R. Mirzayoqubov 23 yoshda, F. Tolipov 28 yoshda, S. Ostanaqulov esa, 24 yoshda ekan. Shunday ekan, hali 25 yoshga ham kirmagan yigitning bir umr, 30 yosh­ni ham qoralamagan hamtovoqlarining bo‘lsa, salkam chorak asr umrini temir panjaralar ortida o‘tkazishi juda jiddiy, ayanchli va o‘z navbatida, o‘sha tuman, o‘sha mahalla ahli uchun sharmandali holat emasmi? Jinoyatchilarning ota-onasi qaddi bukilib, el-yurt ol­dida yuzlari shuvit bo‘l­ganichi?

Behzod ERGASHEV,

Farg‘ona viloyati sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

AQSh Eron neft eksportining 90 foizini nazorat qiluvchi Xark orolini egallashni rejalashtirmoqda

Бу ҳақда Axios хабар берди.

Eronning yangi oliy rahbari saylandi, ammo...

Эрон Экспертлар кенгаши мамлакатнинг янги олий раҳбарни сайлади, деб хабар берди Эроннинг Mehr ахборот агентлиги кенгаш аъзоларига таяниб.

Amerikaliklar Trampning o‘g‘lini urushga yuborishni talab qilmoqda

Bild нашрининг хабар беришича, минглаб америкаликлар Доналд Трампнинг ўғли Берронни ҳарбий хизматга чақиришни талаб қилмоқда.

"Real" muxlislarini xursand qiladigan xabar chiqdi

Мадриднинг "Реал" клуби ҳужумчиси Килиан Мбаппе тиззасидаги жароҳатини даволашда давом этмоқда.

Ko‘rfazda AQSh uchun noxush vaziyat

Яқин Шарқда вазият кескинлашиб бораётган паллада Кўрфаз давлатлари АҚШнинг уларни ҳимоя қилиш салоҳиятига ишончни йўқотди, деб хабар бермоқда Foreign Policy журнали.

AQSh 24 soat ichida 200dan ortiq askarini yo‘qotdi

Эрон расмийлари хабарига кўра, АҚШ инфратузилмаси ва манфаатларига жиддий зарар етказилган.

Tramp Eronning yangi oliy rahbari haqida gapirdi

Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.

BMTda uyat va bema’nilik teatri

Жанговор ҳаракатларни зудлик билан тўхтатишга чақирувчи ҳужжат қабул қилинмади.

Eron dronlari va raketalari Fors ko‘rfazidagi AQSh harbiy ob’ektlarini yakson qildi

Эрон БАА ва Иорданиядаги Американинг "THAAD" ракетага қарши мудофаа радарларини йўқ қилди, деб хабар бермоқда Ислом инқилоби муҳофизлари корпуси (ИИМК).

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

“An-Nasr” Ronalduni sotadigan bo‘ldi. Birinchi xaridor aniq

Саудия Арабистонининг “Ан-Наср” клуби раҳбарияти мамлакат Профессионал лигасининг энг машҳур юлдузи Криштиану Роналду билан хайрлашишга тайёр.

Imomali Rahmon vafot etdi(mi)?

Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.

MMA afsonasi Trampning Eron haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi

Ўтмишдаги машҳур ММА жангчиси Жефф Монсон Эрон футбол терма жамоаси билан боғлиқ вазият ҳақида ўз фикрини билдирди.

Eron dunyoga o‘z shartlarini qo‘ymoqda

Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.

Qo‘qonlik tabib Iqbol Soliyev Ozarbayjondagi klinikada qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ҳодиса Бокуда жойлашган Bİ ES VİP эстетик клиникасида содир бўлган.

Gvardiola "Real"ga qarshi o‘yinda nima uchun Abduqodir Husanovni asosiyda tushirganini izohladi

"Манчестер Сити" бош мураббийи Хосеп Гвардиола "Реал"га қарши ўйин олдидан жамоа бошланғич таркибида қилинган ўзгаришлар ҳақида фикр билдирди.

Eronning yangi oliy rahbari xalqqa murojaat qildi

Эроннинг янги олий раҳбари Можтаба Хоманаий сайланганидан бери биринчи марта халққа мурожаат қилди. Оятулланинг баёноти миллий телевидениеда намойиш этилди ва маҳаллий онлайн оммавий ахборот воситалари ҳам матнни тарқатди.

Minobdagi maktab hujumi: hech kim jazoga tortilmaydi

Эроннинг Миноб шаҳридаги қизни мактабига қилинган ракетали ҳужум ҳеч ким томонидан атайлаб амалга оширилмаган.

Hindistonda Isroil uchun dronlar ishlab chiqaradigan zavodda yirik yong‘in

Сўнгги маълумотларга кўра, фожиа оқибатида заводда бўлган ишчилар ва муҳандислардан камида 50 киши ҳалок бўлган.

Isroil Bayrutga yangi zarbalar seriyasini boshladi

Исроил армияси Байрутдаги нишонларга янги зарбалар сериясини бошлади.

Qirg‘izistonda 2025 yilda internet firibgarlari fuqarolardan 826 mln so‘m o‘g‘irlagan

Бу ҳақда Қирғизистон ички ишлар вазири ўринбосари Нурбек Абдиев маълум қилди.

AQSh "Green Card" lotereyasi qayta boshlanganligini ma’lum qildi

АҚШ Давлат департаменти Green Card (DV-2026) хилма-хиллик визаси лотереяси 2026 йил 10 апрелдан бошланишини эълон қилди.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisining o‘limida gumonlanib yana 4 nafar o‘smir hibsga olindi

Жабрланувчи тиббиёт муассасасига олиб борилган бўлса-да, кўрсатилган тиббий ёрдамга қарамасдан, вафот этган.

Krokus Siti Xolldagi teraktni uyushtirgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Теракт оқибатида 150 киши ҳалок бўлган, 336 киши жароҳатланган, яна 3 киши бедарак йўқолган.

Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi

Ҳодиса содир бўлган ҳудуд ўраб олинган, зарур хавфсизлик чоралари кучайтирилган.

Vashingtonda Tramp va Epshteyn tasvirlangan haykal paydo bo‘ldi

Инсталляция “Титаник” фильмидаги машҳур саҳнага ўхшатиб ишланган бўлиб, олтин рангга бўялган.

Erondagi maktabga berilgan zarba uchun AQSh mas’ul — The New York Times

Айтилишича, бу ҳужумга нишон координаталарининг эскиргани сабаб бўлган бўлиши мумкин.

Isroilda raketa zarbasidan halok bo‘lgan asli o‘zbekistonlik erkakning shaxsi ochiqlandi

Сўнгги кунларда айрим оммавий ахборот воситалари ва ижтимоий тармоқларда 2026 йил 9 март куни Исроилнинг Йехуд шаҳрида қурилиш майдонида содир бўлган ракета ҳужуми оқибатида ҳалок бўлган шахс ҳақида хабарлар тарқалмоқда.

Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: Bosh prokuratura bayonoti

Бекободда мактаб ўқувчиси пичоқланди ва вафот этди. Бош прокуратура ҳодиса бўйича баёнот берди.

CNN xabar berishicha, Rossiya Eronga Ukrainaga qarshi urushda takomillashtirilgan dron taktikasi bilan yordam bermoqda

Washington Post газетаси ҳам илгари Москва Эронга Яқин Шарқдаги Америка кучларига ҳужумлар учун разведка маълумотларини тақдим этаётгани ҳақида хабар берган эди.

Isroilda raketa hujumi oqibatida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi

Маълум қилинишича, 62 ёшли эркак 2017 йилда Ўзбекистон фуқаролигидан чиққан. У сўнгги 14 йил давомида Исроилда яшаб келган.

Turkiyada 46 yoshli samarqandlik ayol o‘ldirilgan. 4 kishi qo‘lga olingan

Жорий йилнинг 6 март куни Туркия ҳудудида ўлдирилган ва маълум вақт давомида қидирувда бўлган, асли самарқандлик 46 ёшли Дилафруз Чуллиеванинг жасади Ўзбекистон Республикасининг Истанбул шаҳридаги Бош консулхонаси ҳамда Ташқи меҳнат миграцияси агентлиги кўмагида Ўзбекистонга қайтарилди.

Surxondaryoda 6 yoshli qiz Nexia urib ketishi oqibatida vafot etdi

Шу йўлнинг 106-километрида жойлашган 27-мактаб олдида ҳам ўқувчилар хавфсизлиги учун баланд пиёдалар ўтиш жойи барпо этилмоқда

"Borma, kuyasan": Eron Ormuz bo‘g‘ozini minalashtirmoqda

Эрон Ормуз бўғозига миналар ўрнатаётгани ҳақида хабар берилди. Бу ҳақда америкалик ОАВ разведка маълумотларига таяниб хабар қилди. CBS ва CNN маълумотларига кўра, Теҳрон бир неча ўнлаб миналарни жойлаштирган ва яна юзлаб миналар ўрнатиши мумкин.

Bayrut jonli efir paytida bombardimon qilindi

Бу ҳодиса Ливан ва Исроил ўртасидаги кескинлик кучайиб бораётган бир вақтда содир бўлди.

Isroil Eron rasmiylarining “suyaklarini sindirishda” davom etmoqda — Netanyaxu

Бенямин Нетаняху, Исроил Бош вазири 10 март куни маълум қилишича, Исроил Эрон расмийларининг суякларини синдиришда давом этмоқда.

Xitoy dunyodagi eng katta armiyalardan biriga aylandi — Business Insider

Халқаро стратегик тадқиқотлар институтининг “The Military Balance 2026” ҳисоботига таяниб, дунё армияларининг шахсий таркиби бўйича рейтингини эълон қилди.