Dahshat! 9 yoshli Omina otasi tufayli o‘z joniga qasd qildi

Dahshat! 9 yoshli Omina otasi tufayli o‘z joniga qasd qildi

O‘rik daraxtining novdasiga osilgan 9 yoshli Omina Maxmadismoylovaning jasadi 4 sentyabr kuni kechqurun topildi. Omina Tojikiston janubidagi Panj tumanidagi 13-o‘rta maktabning 3-sinfida o‘qigan, a’lochi o‘quvchi edi. Bu haqda “Axbor” mahalliy "Faraj" nashriga tayanib xabar qilmoqda.

Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Ominaning onasi Rossiyada ishlayotgan va boshqa ayolga uylangan eri bilan telefonda janjallashgan. Otasi onasiga ularning endi keragi yo‘qligi, xohlagan joyiga borishi mumkinligini aytgan. Omin tasodifan otasining so‘nggi so‘zlarini eshitib qolgan. Bu so‘zlar qizga salbiy ta’sir qilgan va otasining e’tiborsizligidan tushkunlikka tushib, o‘zini osib qo‘ygan.

Omina Maxmadislomovaning jasadi 4 sentyabr oqshomida 13-sonli o‘rta maktabning 3-sinf o‘quvchilari tomonidan topilgan. Omina tezda Panj Markaziy okrug kasalxonasining tez tibbiy yordam bo‘limiga olib borilgan, ammo shifokorlar uning o‘limini qayd etishgan.

Navbatchi vrach Narzullo Pirov Farajga, kasalxonaga olib borilganda qiz allaqachon o‘lganini aytdi.

— Biz rasmiylarga xabar berdik. Polisiya, Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi, tuman prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshladi, — dedi Narzullo Pirov.

13-sonli o‘rta maktab direktori Rauf Rahmonov 6 sentyabr kuni «Faraj»ga bergan intervyusida Omina Maxmadismoilova bu yil 3-sinfda o‘qiyotgani va faollar hamda a’lochi o‘quvchilar qatorida bo‘lganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz oilaviy mojarodan keyin o‘z joniga qasd qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!