Dabdabali to‘ylarni o‘tkazganlik uchun jarima miqdori oshirildi

Dabdabali to‘ylarni o‘tkazganlik uchun jarima miqdori oshirildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilash haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqishdi.

Deputat Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram-kanalida xabar berishicha, belgilangan tartiblarga rioya etmagan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida jarima to‘lashadi — 2,23 mln so‘m.

Kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari esa bazaviy hisoblash miqdorining o‘ttiz baravari miqdorida jarimaga tortiladi — taxminan 6,69 mln so‘m.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida qaytalansa bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi — 11,1 mln so‘m.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!