D vitamini yurak kasalliklaridan himoya qilmaydi — olimlar
Beth Israel Deaconess tibbiyot markazi olimlari D vitaminli qo‘shimchalar yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini kamaytirmaydi, degan xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari American Journal of Preventive Cardiology jurnalida e’lon qilindi.
D darmondorisining yurakka ta’sirini bilish uchun olimlar uzoq muddatli sinov o‘tkazishdi. Unda yanada ko‘proq dozadagi D vitamini yurak shikastlanishi yoki zo‘riqishidan darak beruvchi ikki maxsus oqsil va qon darajasini pasaytira olishiga qanchalik ta’sir qilishi o‘rganildi. Bundan tashqari, D3 vitaminli qo‘shimchalarning 70 yoshlilarning yiqilish xavfiga ta’siri o‘rganilgan tadqiqot ma’lumotlari tahlil qilindi.
Tadqiqot qatnashchilari to‘rtta tasodifiy guruhga taqsimlandi. D3 vitamini kuniga 1-guruhga — 200, 2-guruhga — 1000, 3-guruhga — 2000, 4-guruhga — 4000 xalqaro birlik miqdorida berib borildi. Qondagi yurak-qon tomir kasalliklari biomarkerlari darajasi D vitaminini berish boshlangan tadqiqot boshida, uch oydan so‘ng, 12 va 24 oydan so‘ng o‘lchandi.
Tahlillar katta yoshlilarda yurak-qon tomir kasalliklari rivojlanishi xavfini pasaytirishda D vitamini samara berishini tasdiqlamadi. Ta’kidlanishicha, ikki yil davom etgan tadqiqotda dozasidan qat’i nazar, D vitaminli qo‘shimchalar yurak-qon tomir salomatligi bo‘yicha bironta ko‘rsatkichni yaxshilashga xizmat qilmagan.