Cho‘llanishga qarshi kurashish va “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Cho‘llanishga qarshi kurashish va “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish, shuningdek, shaharlarda “yashil shahar” tamoyillarini joriy etish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi, yerlarning tanazzulga uchrashi va cho‘llanish bugun butun mintaqa uchun dolzarb ekologik muammoga aylanmoqda. Bu esa qishloq xo‘jaligi barqarorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va hududlarning iqtisodiy rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Mamlakatimiz hududining qariyb 80 foizi cho‘l va yarim cho‘l maydonlaridan iborat. Yerlarning sho‘rlanishi, qum ko‘chishi, chang bo‘ronlari va garmsellar, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari, shuningdek, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarining ayrim tumanlarida jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Orol dengizining qurishi mazkur jarayonni yanada kuchaytirgan. Qurigan tubda Orolqum cho‘li shakllanib, havoga ko‘tarilayotgan tuz va chang keng hududlarga tarqalmoqda. Shu bois, Orolbo‘yida yashil qoplamalar barpo etish, saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarini ekish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda Orol dengizining qurigan tubida 2 million gektardan ortiq yangi o‘rmonzorlar tashkil etildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat bo‘ylab 1 milliarddan ziyod daraxt va buta ko‘chatlari ekildi, ko‘kalamzorlashtirish darajasi 2020 yildagi 8 foizdan 2025 yilda 14,3 foizga yetdi. Orolbo‘yi, chegaradosh va qurg‘oqchil hududlarda yashil qoplamalar hamda himoya o‘rmonzorlarini yaratish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Taqdimotda 2026-2030 yillarda cho‘llanishga qarshi kurashish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. Jumladan, 1,27 million gektarda o‘rmon barpo etish va qayta tiklash, cho‘l, tog‘ va tog‘oldi hududlarda 16 ming gektar himoya o‘rmonzorlari yaratish rejalashtirilgan.

Surxondaryo viloyatida 10 ming gektar maydonda yashil qoplamalar tashkil etish, Sirdaryo viloyatining chegaradosh hududlarida 84 kilometrlik “yashil devor” barpo qilish, tog‘ va tog‘oldi hududlarida “terrasa” usulida daraxt va butalar ekish, degradasiyaga uchragan yerlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni sinovdan o‘tkazish taklif qilindi.

Davlatimiz rahbari cho‘l hududlariga faqat ekologik muammo sifatida emas, balki yangi iqtisodiy imkoniyatlar manbai sifatida qarash zarurligini ta’kidladi. Shu maqsadda “cho‘l iqtisodiyoti” yondashuvini rivojlantirish, qo‘riq va sho‘rlangan yerlarda barqaror daromad manbalarini yaratish, cho‘l o‘simliklari urug‘chiligi va ko‘chatchiligini yo‘lga qo‘yish, galofit o‘simliklar yetishtirish, yaylovlar mahsuldorligini oshirish, chorvachilik, ekologik turizm va ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada Qoraqalpog‘istonda cho‘l o‘simliklari ko‘chatxonalarini tashkil etish, Orolning qurigan tubida ilmiy ekspedisiyalar o‘tkazish, Bobotog‘ hududida zamonaviy usullar asosida pista plantasiyalarini rivojlantirish, galofit bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi. Shuningdek, qurg‘oqchilikka chidamli o‘simliklar va urug‘lar bo‘yicha mintaqaviy bank yaratish, xalqaro fondlar va xususiy investisiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Taqdimotda Markaziy Osiyo davlatlari bilan ekologik hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Cho‘llanish va yer degradasiyasi chegara bilmaydigan muammo ekani, shu bois, unga qarshi kurashishda yagona mintaqaviy yondashuv, ilmiy hamkorlik, ma’lumot almashish va texnologiyalar transferi muhimligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan cho‘llanishga qarshi kurashish va cho‘l iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini kengaytirish, “Yashil qalqon” mintaqaviy dasturi doirasida amaliy loyihalarni ko‘paytirish, 2040 yilgacha cho‘llanishga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish tashabbuslari ilgari surildi.

Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosi, Buyuk ipak yo‘lidagi o‘rni, xalqaro turizm markazi sifatidagi salohiyati, strategik geografik joylashuvi hamda mavjud suv va transport infratuzilmasini inobatga olgan holda uni Markaziy Osiyoda ekologik barqaror, iqlimga moslashgan va zamonaviy “yashil shahar” namunasiga aylantirish nazarda tutilmoqda.

Shunga muvofiq, taqdimotda shaharlar ekologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha “Green Samarkand” modeli ko‘rib chiqildi.

Mazkur model doirasida 2030 yilga qadar Samarqand shahrida aniq ekologik ko‘rsatkichlarga erishish belgilangan. Jumladan, atmosferaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan 51,2 ming tonna zararli tashlamalarning oldini olish, sanoat va energetika ob’ektlarida chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish orqali PM2.5 va PM10 zarrachalarini 50 foizga kamaytirish, qurilish ob’ektlaridan chiqadigan chang miqdorini 80 foizga, transport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi moddalar hajmini 50 foizga qisqartirish, chiqindi poligonlari hajmini 2 barobar kamaytirish hamda aholi yashash punktlarida yashil hududlar ulushini o‘rtacha 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Loyihani amalga oshirish uchun Samarqand viloyati hokimligi va Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ishtirokida “Yashil Samarqand” loyiha ofisi tashkil etiladi. Ushbu ofis shaharsozlik, ekologiya, transport, qurilish, turizm, sanoat va kommunal xizmatlar sohalarida belgilangan tadbirlarni yagona tizimda muvofiqlashtiradi.

Samarqand shahrida maxsus ekologik-shaharsozlik rejimi joriy etilib, yangi quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan ob’ektlar uchun “yashil qurilish” talablari majburiy etib belgilanadi. Bunda energiya va suv tejamkor texnologiyalardan foydalanish, chiqindilarni saralash va qayta ishlash tizimlarini joriy etish, resurs samaradorligini oshirish hamda ekologik talablarga javob bermaydigan ob’ektlarni foydalanishga qabul qilmaslik amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Transport sohasida Samarqand shahrini ekologik toza harakatlanish modeliga o‘tkazish nazarda tutilgan. Buning uchun 50 ta zamonaviy katta sig‘imli elektrobus xarid qilish, chorrahalarda 150 ta yangi svetofor o‘rnatish, 2030 yilga qadar jamoat transporti va taksi xizmatini to‘liq elektr transportiga o‘tkazish choralari ko‘riladi. Shu bilan birga, “Park & Ride” tizimi joriy etilib, piyodalar harakati ustuvor bo‘lgan yashil turistik hududlar tashkil qilinadi, shahar markaziga shaxsiy avtotransport kirishi bosqichma-bosqich kamaytiriladi.

Suv va “yashil” infratuzilmani rivojlantirish maqsadida Samarqand shahrida kamida 4 ta, viloyat tumanlari markazlarida esa kamida bittadan sun’iy ko‘l va suv havzalari tashkil etiladi. Samarqand shahrida qo‘shimcha 10 ta yangi favvora qurilib, mavjud favvoralar infratuzilmasi modernizasiya qilinadi. Shuningdek, umumiy uzunligi 319 kilometr bo‘lgan ariqlar tizimi quriladi va tiklanadi.

Shahar atrofida himoyaviy “yashil” infratuzilmani shakllantirish maqsadida “Yangi katta halqa yo‘li” bo‘ylab uzunligi 102,7 kilometr, umumiy maydoni 3532 gektar bo‘lgan “yashil belbog‘” barpo etiladi. Ushbu belbog‘ chang va issiq havo oqimlarini kamaytirish, atmosfera havosi sifatini yaxshilash, shahar atrofida tabiiy himoya zonasini yaratish hamda iqlimga moslashuv choralarini kuchaytirishga qaratilgan.

Shaharsozlik yo‘nalishida 300 gektar maydonda “Green City Samarkand” hududini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Ushbu hududda turar joy, ofis, xizmat ko‘rsatish, turizm va jamoat infratuzilmasi ob’ektlari xalqaro “yashil shahar” standartlari asosida barpo etiladi.

Sanoat ob’ektlarining ekologik ta’sirini kamaytirish uchun “yashil sanoat zonasi” hududida eng maqbul texnologiyalar, “Zero Visible Emission” va raqamli ekologik monitoring tizimlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Mavjud sanoat zonalari atrofida “yashil belbog‘”lar tashkil etiladi hamda aholi sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan I va II toifaga mansub 8 ta sanoat korxonasini shahar hududidan tashqariga ko‘chirish choralari ko‘riladi.

Chiqindilarni boshqarish sohasida “Zero Waste Samarkand” tamoyili asosida chiqindilarni saralash, qayta ishlash va poligonlarga yuboriladigan hajmini kamaytirish tizimi joriy etiladi. Noqonuniy chiqindi tashlash holatlarini raqamli xaritalash va foto-videofiksasiya qilish bo‘yicha axborot tizimi ishga tushiriladi.

Iqlim siyosati yo‘nalishida Samarqand shahri uchun 2030 va 2035 yillarga mo‘ljallangan uglerod chiqindilarini qisqartirish maqsadli ko‘rsatkichlari hamda “Carbon Neutral Samarkand” “yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi. Shuningdek, yashil va iqlim loyihalarini moliyalashtirish uchun “Green Samarkand Climate Finance Facility” platformasi, natijalarni ochiq e’lon qilish va monitoringini yuritish uchun “Green Samarkand Dashboard” raqamli platformasi ishga tushiriladi.

Turizm va bioxilma-xillik yo‘nalishida “Yashil Samarqand” brendi, “Green Hotels Samarkand” reyting tizimi, “Samarkand City Biodiversity Index” metodologiyasi, “Urban Biodiversity Samarkand” pilot loyihasi va “Bioxilma-xillikni asraymiz” ko‘ngillilar dasturi amalga oshiriladi. Shu orqali Samarqand shahri ekologik turizm, yashil investisiyalar va barqaror shaharsozlik yechimlari markaziga aylantiriladi.

Umuman, loyiha doirasida Samarqandni “Markaziy Osiyoning yashil investisiyalar va innovasiyalar poytaxti” sifatida shakllantirish uchun tashkiliy, moliyaviy va amaliy asoslar yaratiladi.

Prezidentimiz takliflarni ma’qullab, cho‘llanishga qarshi kurashish, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, shaharsozlikda ekologik talablarni kuchaytirish va aholi uchun sog‘lom muhit yaratish masalalari yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyoda eng ko‘p oltin kimning qo‘lida jam bo‘lgan?

1. 🇺🇿 Ўзбекистон — Марказий Осиёдаги энг йирик олтин ишлаб чиқарувчи. Ўзбекистон 2025 йилда 9,9 миллиард долларлик олтин экспорт қилди. Марказий банк захираси — 415,5 тонна олтин. Бу дунёдаги энг йирик захиралардан бири.

Husanovning do‘sti rekord narxga transfer qilindi

«Лидс» клуби «Манчестер Сити» дарвозабони Жеймс Траффорднинг трансферини расман эълон қилди.

Olimlar Yer aholisi sonini bosqichma-bosqich kamaytirish g‘oyasini ilgari surdi

Айрим мутахассислар муаммо аҳоли сонида эмас, балки ресурсларнинг адолатсиз тақсимланишида эканини таъкидламоқда.

Namanganda qariyb yarim milliardlik jirkanch jinoyat fosh bo‘ldi

Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилди.

Yuliya Mendel Zelenskiyni yolg‘on va’dalar va hokimiyatda qolish uchun urushdan foydalanishda aybladi

Собиқ матбуот котиби Зеленскийни "Украинанинг асосий муаммоси" ва урушнинг "асосий бенефициари" деб атади.

"Hey, dedi, Trampingni gapigayam..., dedi" - Netanyaxu Trampning chaqirig‘iga qaramay, G‘azoga hujumlarni to‘xtatishdan bosh tortdi

Исроил Бош вазири Беньямин Нетаньяху бу ҳақда ўзининг ижтимоий тармоқ саҳифасида эълон қилинган видеомурожаатида маълум қилди.

Ilon Mask Ukrainaga Rossiyaning ichkarisiga zarba berish uchun Starlink taqdim etishdan bosh tortdi

Space X компанияси эгасига бундай илтимос билан Украина собиқ мудофаа вазири Михаил Фёдоров мурожаат қилган.

Isroil sudi "Hamas" jangarilari saqlanayotgan "Ksiot" qamoqxonasi atrofida timsohlar solingan zovurlar barpo etishni vaqtincha taqiqladi

Миллий хавфсизлик вазирлиги режасига кўра, ушбу зовур блокда сақланаётган маҳбусларни қўриқлайдиган тимсоҳлар учун мўлжалланган.

Kannavaro: “Men haqimdagi ma’lumotlarni terma jamoadagi “kalamush” tarqatayotgandir”

Бугун, 5 август куни Ўзбекистон футбол ассоциацияси (ЎФА) мажлислар залида миллий терма жамоа бош мураббийи Фабио Қаннаваро иштирокида матбуот анжумани бўлиб ўтди.

"Real" futbolchisiga 22 million yevro maosh ham kamlik qildi

Мадриднинг «Реал» клуби бразилиялик ҳужумчи Винисиус Жуниорга шартномани узайтириш бўйича янги таклиф билан чиқди

Fabio Kannavaroning O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi taqdiri aniq bo‘ldi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро ўз лавозимида қолиши 100 фоизга ҳал бўлди.

Jahon chempionatidan qaytgan 25 yoshli futbolchi o‘z joniga qasd qildi

Бу ҳақда Sunday World нашри хабар берди.

Fermer ulkan sarimsoq yetishtirib, rekord o‘rnatdi (foto)

Бу ҳақда Washington Post нашри хабар бермоқда.

O‘zbekistonga yana juda issiq havo oqimlari kirib keladi

Мутахассислар куннинг энг иссиқ вақтларида очиқ ҳавода узоқ қолмаслик, кўпроқ сув ичиш ва болалар ҳамда кексалар саломатлигига алоҳида эътибор қаратишни тавсия этмоқда.

O‘n yildan so‘ng pulning ahamiyati deyarli qolmaydi

Америкалик миллиардер Илон Маск The Economist'га берган интервюсида сунъий интеллект ривожини энди тўхтатиб бўлмаслигини ва пулнинг аҳамияти қолмаслигини айтди.

Putin va Lukashenkodan "qutulish" kerak

Латвия Миллий Қуролли кучлари штаби офицери Янис Слайдинш Россия ва Беларус президентларидан ҳам худди Венесуэла ва Эрон раҳбарларидек "қутулиш" кераклигини маълум қилди.

Navoiyda erkakni qum bosib, halok bo‘ldi

Навоий вилояти Қизилтепа туманида таъмирлаш ишлари вақтида бахтсиз ҳодиса содир бўлди.

Otaning ismini bolaga familiya qilib berish mumkin bo‘ladi

Ўзбекистонда ота-оналарга фарзандига отасининг исмини фамилия сифатида бериш имконияти яратилади.

1 sentyabrdan avtobusga chiqish bilan yo‘lkira haqini to‘lash shart bo‘ladi

2026 йил 1 сентябрдан брутто-шартнома асосида фаолият юритаётган барча шаҳар автобусларида йўлкира тўлаш тартиби қатъийлаштирилади.

Eron AQSh bilan urush paytida Shimoliy Koreyadan qurol olgan

У мамлакатда хавфсизлик мустаҳкамланганини таъкидлади

Yaponiyada tayfun sabab 15 mingga yaqin bino elektrsiz qoldi

Ҳодиса оқибатида беш киши жароҳатланган.

Rossiya zarbalari oqibatida Kiyev viloyatida uch kishi halok bo‘ldi va uch kishi yaralandi

Ткаченконинг баёнотгиа кўра, ҳужум оқибатида турар жой биноси, хўжалик иншоотлари ва автомобилларга зарар етган

«Hududgazta’minot» tadbirkordan gaz uchun asossiz pul undirgan

Қорақалпоғистонда фермер хўжалигидан газ учун асоссиз ундирилган 96 млн сўмдан ортиқ маблағ қайтарилди. Ўрганишларда газ сарфини аниқлашда асосий қурилма ўрнига юқорироқ кўрсаткич қайд этган иккинчи ҳисоблагич маълумотларидан фойдаланилгани аниқланди.

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketib, beton to‘siqqa urildi: haydovchi halok bo‘ldi

Самарқандда юк машинаси кабинасида ёнғин чиқиши оқибатида оғир йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Toshkentda qizning intim suratlarini tarqatmaslik evaziga $3 ming talab qilgan erkak ushlandi

Эркак тезкор тадбир давомида пул маблағларини олаётган вақтда ушланади.

Migrantlar yana Yevropaga ommaviy kirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Сеутага янги муҳожирлар оқими 15 августгача юз бериши мумкин.

AQSh Eron bilan to‘qnashuvda 1300 dan ortiq ATAKMS raketasini qo‘llagan

«Вашингтон Пост» нашри маълумотларига кўра, АҚШ Эрон билан тўқнашувнинг дастлабки ҳафталарида 1300 дан ортиқ АТАКМС ракетасидан фойдаланган.

Britaniyada "O‘lim" kostyumidagi erkak shifoxona tomiga chiqib, bemorlarni sarosimaga soldi

Бу қилмиши учун суд уни 200 фунт стерлинг жаримага тортган.

Milliy bog‘da 5 yoshli qiz suvga cho‘kib vafot etdi

Шифокорлар томонидан тақдим этилган маълумотномага кўра, марҳуманинг танасида ҳеч қандай тан жароҳати аломатлари аниқланмаган.

Toshkent viloyatidagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi

Ёнғин соат 13:48 да қуршаб олинган ва соат 14:09да тўлиқ бартараф этилган.

Moskvadagi portlashda Rossiya havo kuchlari bosh qo‘mondonining kuyovi halok bo‘ldi

Маълумот ўрнида, уруш бошланганидан бери Россияда икки йил ичида олтита генералга суиқасд қилинган.

"Uraldronzavod" bosh direktoriga suiqasd uyushtirildi

Тергов қўмитаси ушбу ҳолат юзасидан жиноий иш қўзғатди.

Iqlim isishi sababli matcha choyi yo‘qolib ketishi mumkin

Ҳароратнинг бор-йўғи 1 даражага кўтарилиши матча чойи ҳосилига ва унинг ўзига хос таъмига жиддий хавф туғдирмоқда. Натижада чой тобора тахирлашиб, нархи сезиларли даражада ошиши мумкин.

Jizzaxda 21 yoshli insta-bloger qiz YTHda vafot etdi (video)

Оғир тан жароҳати олган Орзигул Уразматова шифохонада вафот этган.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi: Seutada 2 ming nafar muhojir qolmoqda

Испания Ички ишлар вазири Фернандо Гранде-Марласка Сеута анклавига кирган 72 минг нафар муҳожирдан 70 минг нафари аллақачон Марокашга қайтарилганини маълум қилди.

Eron Isroil foydasiga josuslikda ayblangan ikki kishini qatl etdi

Бу ҳақда The Independent Эрон давлат оммавий ахборот воситаларига таяниб хабар берди.

AQShning Spokan shahri atrofidagi o‘rmon yong‘inlari 60 mingga yaqin kishini evakuasiyaga majbur qildi

Ҳокимият маълумотларига кўра, ёнғинлар оқибатида камида 600 та уй-жой, бизнес объекти ва бошқа иншоот вайрон бўлган.

Meksikada boshi uchun 5 mln dollar va’da qilingan narkobaron qo‘lga olindi

Фернандес Магалён автомобил ўғирлаш, товламачилик ва наркотик савдосида ҳам айбланмоқда. Унга нисбатан АҚШ Миллий хавфсизлик бошқармаси ҳам тергов олиб бормоқда.

DXX Rossiyadan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini fosh etdi

Дастлабки ҳисоб-китобларга кўра, ушбу маҳсулотларнинг тахминий суммаси 600 млн сўмни ташкил этади.

Pokistondagi polisiya bo‘linmasi oldida xudkush terrorchi o‘zini portlatishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Ҳодиса 2 август куни Афғонистон билан чегарадош Хайбар-Пахтунхва провинциясида содир бўлган.