Chorvachilik tarmog‘iga Jahon Banki 300 million dollar imtiyozli kredit ajratadi

Chorvachilik tarmog‘iga Jahon Banki 300 million dollar imtiyozli kredit ajratadi

Bu haqda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov va Jahon bankining Yevropa va Osiyo mintaqasi qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat masalalari bo‘yicha bo‘limi rahbari Frauke Yungblut o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Qayd etildiki, Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirishning ikkinchi bosqich loyihasi” ning umumiy qiymati 300 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. Loyihani tayyorlash ishlari dekabr oyida yakuniga yetadi va yil oxiriga qadar dastlabki kelishuv ishlari amalga oshiriladi.

Ayni paytda rejalashtirilgan loyiha doirasida infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha chorvachilik majmualarini “foydalanishga tayyor holda” tashkil etish va majmualarni lizing shartlari asosida xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, ushbu yondashuv asosida tadbirkorlarga yer ajratish masalalarini hal etish, ulardan garov ta’minotini talab qilmaslik va iqlim talablariga mos zamonaviy chorvachilik majmualarini tashkil etish bo‘yicha qo‘mita mutaxassislari taklifi taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda chorvachilik sohasini rivojlantirish loyihasining birinchi bosqichi” da mazkur xalqaro moliya institutining imtiyozli mablag‘lari hisobiga mamlakatimizning chorvachilik va uning tarmoqlarida qariyib yuz mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!