Chiroqchida IIB xodimi 6 yoshli bolani mashinada urib ketgandi. Avariyadan so‘ng bolaning yuzi tanib bo‘lmas ko‘rinishga kelib qoldi (VIDEO)

Chiroqchida IIB xodimi 6 yoshli bolani mashinada urib ketgandi. Avariyadan so‘ng bolaning yuzi tanib bo‘lmas ko‘rinishga kelib qoldi (VIDEO)

2021 yil 16 fevral kuni soat 15:00larda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Yangiobod” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lining 2-kilometrida ayanchli YTH sodir bo‘lgandi.

1977 yilda tug‘ilgan J.H. “Neksiya” rusumli avtomobilni boshqarayotib, 1-sonli maktab ro‘parasidagi piyodalar o‘tish yo‘lagining chap tomonidan o‘ng tomoniga o‘tayotgan piyoda, ushbu maktabning tayyorlov sinfi o‘quvchisi, 2014 yilda tug‘ilgan F.Q.ni urib yuborgandi. Keyinchalik haydovchi IIB xodimi ekani aniqlangan. Bolakay esa og‘ir ahvolda shifoxonaga tushgandi.

«Nasafnews»ga ma’lum bo‘lishicha, bolaning hayoti saqlab qolingan. Ammo uning yuz qismida jiddiy jarohat izlari qolgan. Ayni paytda bolaning sog‘ligini tiklash uchun moddiy ko‘mak zarur. Uning oilasi yordamga muhtoj.

Bolaning onasi intervyu berib, barchadan o‘z bolasini salomatligini tiklash uchun yordam so‘radi. Batafsil videoda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!