Chirchiqlik ayol: "O‘g‘lim koronavirusga qarshi vaksina olgach, vafot etdi" (VIDEO)

Chirchiqlik ayol: "O‘g‘lim koronavirusga qarshi vaksina olgach, vafot etdi" (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi ayol T.Q.ning murojaati tarqaldi. Unda fuqaro farzandi S.Q.ning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmasdan emlangani, natijada ahvoli og‘irlashib vafot etgani haqida aytadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olindi. Vaziyatni o‘rganish maqsadida tezkor guruh tuzilib, O‘rta Chirchiq tumaniga yuborildi.

O‘rganishlar natijasi haqida batafsil ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!