Chirchiqda fuqaroning uyini sotib yuborgan sobiq notarius va uning sheriklari aniqlandi

Chirchiqda fuqaroning uyini  sotib yuborgan sobiq notarius va uning sheriklari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chirchiq shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.CH. Qibray tumani 1-sonli davlat notarial idorasi notariusi lavozimida ishlagan davrida fuqaro S.G. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, Toshkent viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida majburiy davolanayotgan fuqaro V.ning Chirchiq shahri, 1-kichik tumanida joylashgan xonadonini 15.11.2019 yilda hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!