Chilonzordagi MTM da bolaning yuzi ayollar bo‘yog‘idan kuygani aytilmoqda

Chilonzordagi MTM da bolaning yuzi ayollar bo‘yog‘idan kuygani aytilmoqda

Internet tarmog‘ida MTM tarbiyalanuvchisining yuz qismida “qizarib kuyish” alomatlari mavjudligi bo‘yicha xabar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
Joriy yilning 10 avgust kuni Chilonzor tumani IIO FMB nabatchilik qismidan tushgan xabarga ko‘ra, Chilonzor tumanida joylashgan xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi 2019 yilda tug‘ilgan M.A. qarovsiz qolgan vaqtida, ayollar sumkasida bo‘lgan ayollarni ko‘zga surtuvchi bo‘yog‘ini o‘ynab yuz qismiga surtgan.
Bu holatni ushbu tashkilotda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi 38 yoshli Zuxra A. ko‘rib qolib, bolani yuzini tozalash maqsadida, “tibbiy vositalar”dan surtgan. Natijada, voyaga yetmagan bolaning yuz qismi qizarib, kuyish alomatlari mavjudligi sababli tibbiyot muassasasiga murojaat qilingan. Bolaning olgan tan jarohatini aniqlash maqsadida, sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Hozirgi kunda Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!