Chilonzordagi kanalda jasadi topilgan ayolning kimligi ma’lum bo‘ldi

Chilonzordagi kanalda jasadi topilgan ayolning kimligi ma’lum bo‘ldi

Toshkent shahridan oqib o‘tuvchi Bo‘rijar kanalidan topilgan ayol shaxsi aniqlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri Bosh prokuratura axborot xizmatiga tayangan holda.

Eslatib o‘tamiz, sal avvl bugun, 13-fevral kuni, Chilonzor tumanidan oqib o‘tuvchi "Bo‘rijar" kanalidan yoshi taxminan 55-60larda bo‘lgan osiyo millatiga mansub ayol kishining jasadi topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Jasad tanasida zo‘ravonlik izlari bo‘lmagan.

Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida murda Shayhontohur tumanida yashagan, 1954 yilda tug‘ilgan Axmedova N. ekanligi uning turmush o‘rtog‘i tomonidan tanib olingan.

Tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, ayolning o‘limi yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi natijasida mexanik asfiksiyadan kelib chiqqanligi aniqlangan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, N.Axmedova 2019 yilning sentyabrida Rossiya va Hindiston davlatlariga borib, onkologiyadan davolanib kelganligi, 3 kun oldin akasi onkologiya kasalligidan vafot etganligi, ayol shu tufayli siqilib yurganligi aniqlangan.

Ayni vaqtda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!