Chilonzorda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Chilonzorda vaqtincha gaz ta’minoti to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 15 mart kuni gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, ta’mirlash ishlari sababli ertaga Chilonzor tumanining ayrim joylarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi, “Novza” metro bekati yonidagi, o‘rta bosimli yerosti d-89 mmli gaz quvurida va Chilonzor mavzesidagi “Metro market” binosi yonidan o‘tgan, o‘rta bosimli yerosti d-57 mmli gaz quvuridan gaz sizib chiqishi aniqlangan.

Holatni bartaraf qilish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirish rejalashtirilgan. Shu tufayli 15 mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar quyidagi tabiiy gaz iste’molchilarida gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan aholi iste’molchilari:

  • “Chilonzor” MFYdagi jami 1890 ta uy xo‘jaligi hamda ko‘p qavatli uylardagi aholi xonadonlarida;
  • “Charx komolon” MFYdagi 894 ta uy xo‘jaligida;
  • “2- Charx komolon” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2240 aholi xonadonlarida;
  • “3- Charx komolon” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2460 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 1” MFYda (1-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2180 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 2” MFYda (2-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2284 aholi xonadonlarida;
  • “Katta Chilonzor 3” MFYda (3-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2470 aholi xonadonlarida;
  • “Novza” MFYda (4-24-mavzelar) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2880 aholi xonadonlarida;
  • “Beshchinor” MFYda (5-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 2320 aholi xonadonlarida;
  • “Dilobod”, “Xalqlar do‘stligi” MFYlarida (6-mavze) joylashgan ko‘p qavatli uylardagi jami 3220 ta aholi xonadonida;
  • Chilonzor 5-mavzeda joylashgan 1-2-3-4-49-50 ko‘p qavatli uylardagi jami 504 ta aholi xonadonida.

Ta’mirlash ishlari yakunlangach, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi. Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘rgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!