Chilonzorda fojia: bir erkak halok bo‘ldi

Chilonzorda fojia: bir erkak halok bo‘ldi

Joriy yilning 16 fevral kuni soat 08:10 larda Chilonzor tumani, Do‘mbirobod ko‘chasi «Qurilish mollari» bozori qarshisida Chilonzor tumanida yashagan M.A. “VAZ 2106” rusumli transport vositasida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib, Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumanida yashovchi SH.A. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzi” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

To‘qnashuv natijasida “VAZ-2106” rusumli transport vositasi haydovchisi M.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari yo‘llarda harakatlanganda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘rab qolamiz.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!