Chikagoda shahar atrofidagi otishmada hibsga olingan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Chikagoda shahar atrofidagi otishmada hibsga olingan erkak umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin

Illinoys shtati bosh prokurori Erik Reynxardt matbuot anjumanida 4 iyul kuni Chikago chekkasida paradda sodir etilgan otishmada hibsga olingan odam yetti kishini o‘ldirishda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligini aytdi.

“Gumonlanuvchi yettita qotillikda ayblangan. Biz boshqa ayblovlarni kutmoqdamiz”, — deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti .

Reynxardtning qayd etishicha, agar sud gumonlanuvchini aybdor deb topsa, u shartli ozodlikdan mahrum qilish huquqisiz umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin.

Bosh prokurorning fikricha, jinoyat puxta rejalashtirilgan.

Avvalroq Illinoys shtatida AQSh Mustaqillik kuni sharafiga o‘tkazilgan parad vaqtida ommaviy otishma sodir bo‘lgani xabar qilingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra , hodisa oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, yana 24 kishi jarohatlangan.

Tez orada huquq-tartibot idoralari xodimlari otishmada gumonlanuvchini qo‘lga oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!