“Chelsi” jamoasi o‘z stadionida ochiq iftorlik tashkil etdi

“Chelsi” jamoasi o‘z stadionida ochiq iftorlik tashkil etdi

Londonning “Chelsi” klubi o‘z stadioni “Stemford Brij”da ochiq iftorlik tashkil etdi.

London klubi 26 mart kuni o‘z stadionida iftorlik o‘tkazdi. “Aristokratlar” ushbu loyihani Ramadan Tent Project bilan birgalikda tashkil etdi.

Stadionga masjid va diniy idora vakillaridan tashqari “Chelsi”ning islom diniga e’tiqod qiluvchi xodim va muxlislari tashrif buyurdi.

Ta’kidlab o‘tish joiz, “Chelsi” o‘z stadionida ushbu tadbirni tashkil etgan Angliya Premyer Ligasining ilk klubiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!