Chechenistonlik bolakay rekord o‘rnatdi: Ramzan Qodirov unga Mercedes sovg‘a qildi (video)

Chechenistonlik bolakay rekord o‘rnatdi: Ramzan Qodirov unga Mercedes sovg‘a qildi (video)

Chechenistonning Duba-Yurt qishlog‘i 5 yoshli Raxim Kuriyev 2 soat 26 daqiqa ichida 4105 marta yerdan ko‘tarilish mashqini bajardi.

U besh yoshli bolalar uchun Kalmikiyadan Bat Boktayev  (4050 marta) tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi. Biroq Rossiya rekordlar kitobi vakillarida ko‘p savollar tug‘ilganligi uchun rekord rasmiy ravishda qayd etilmadi.

OAVlar bu bolani “Chechenistonlik Shvarseneger” deb atashmoqda.

Ramzan Qodirov bu bolakay bilan uchrashib, unga oq rangdagi “Mercedes” avtomobilini sovg‘a qildi.

“Senga bu mashinani Axmat Xoji Qodirov Aymani Qodirova prezident xayriya jamg‘armasi taqdim etdi, otang seni olib yursin, sen oq Mersedesda yurishga loyiqsan”, - dedi Ramzan Qodirov.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!