Chechenistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun madrasa quriladi

Chechenistonda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun madrasa quriladi

Grozniyning Baysangur tumanida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun madrasa quriladi. “Grozniy-Inform”ning Checheniston poytaxti meriyasiga tayanib xabar berishicha, bu bino ikki qavatli bo‘lib, har biri 30 o‘quvchiga mo‘ljallangan ikkita sinf xonasi bo‘ladi.

Qurilish ishlari shu yilning yozi oxirigacha yakunlanishi kutilmoqda. Muassasa ochilgandan so‘ng ko‘rishda muammolari bor insonlar Brayl usulida Qur’on o‘qishni o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

“Madrasa Brayl alifbosida chop etilgan Qur’on va boshqa o‘quv qo‘llanmalari bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, maktab ko‘zi ojizlar uchun maxsus sensorli pol va devor belgilari o‘rnatiladi.

Diniy maktabni qurish va barcha zarur narsalar bilan jihozlash ishlari viloyat A. Qodirov jamoat fondi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Muassasaning bo‘lajak o‘qituvchilari ko‘zi ojizlarga Qur’on o‘qish asoslarini o‘rgatuvchi kursni o‘tishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!