Chavusho‘g‘li: Biz NATOning kengayishiga qarshi emasmiz

Chavusho‘g‘li: Biz NATOning kengayishiga qarshi emasmiz

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lining ma’lum qilishicha, Anqara Finlyandiya va Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish uchun arizalarini alohida ko‘rib chiqishi mumkin.

"Biz NATOning kengayishiga qarshi emasmiz. Va bizning tomonimizdan Finlyandiya yoki Shvesiyaga qarshi hech qanday fundamental e’tirozlar yo‘q, ammo ular bizning xavotirlarimizni hisobga olishlari kerak. Biz ularning arizalarini alohida ko‘rib chiqish varianti haqida o‘ylayapmiz”, — deya izoh berdi siyosatchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!