Charchaganda qahva ichish qanday kasalliklarga olib keladi? Shifokor javob berdi

Charchaganda qahva ichish qanday kasalliklarga olib keladi? Shifokor javob berdi

Rossiyalik shifokor Denis Prokofiyev har kuni qahva ichish xavfi haqida gapirib berdi. 

Shifokor ichimlikni dori bilan taqqosladi. Unga ko‘ra, kofein eng kuchli psixostimulyator hisoblanadi. Biroq, qahva charchoqni ketkazmaydi, balki uni shunchaki "yashiradi".

"Charchoq ko‘payganda, miya adenozin gormonini chiqaradi. Bu asab hujayralarining faoliyatini tormozlash orqali uyquchanlikni keltirib chiqaradi. Kofein tuzilishi jihatidan adenozinga juda o‘xshashdir. Qahva ichgan odam o‘zini tetik his qila boshlaydi, lekin tanasidagi charchoq yo‘qolmaydi. Natijada yurak so‘nggi kuch bilan zo‘riqib ishlay boshlaydi. Natijada taxikardiya, aritmiya va hatto yurak xuruji yuzaga keladi", dedi shifokor.

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, och qoringa qahva ichish yanada xavfli. Bu oshqozon yarasiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, nonushta bilan bir chashka qahva vitaminlar, temir, kalsiy va rux moddasi singishiga xalaqit beradi.

"Qahva ichganingizdan so‘ng 15 g bodom iste’mol qiling, bu kalsiy balansini kerakli darajaga qaytaradi. Har bir stakan qahvani bir xil miqdordagi suv bilan iching", - deb maslahat berdi Denis Prokofiyev.

Ertalab qahva o‘rniga shifokor o‘n daqiqa jismoniy faoliyatni tavsiya qildi. Jismoniy mashqlar kofeinga qaraganda ancha yuqori energiya oqimini hosil qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!