Caylovchilar O‘zLiDeP nomzodlari dasturini qo‘llab-quvvatlamoqda

Caylovchilar O‘zLiDeP nomzodlari dasturini qo‘llab-quvvatlamoqda

O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Oqdaryo tumanida “Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar yig‘ilganlarni o‘z saylovoldi dasturi bilan tanishtirdi.

Tadbirda 58 - Oqdaryo saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rsatilgan nomzod Erkin Salixovning ishonchli vakili, Safaxon Sa’dullayev so‘zga chiqib, nomzod dasturida inson va jamiyat farovonligini ko‘zlagan holda, muammolarni hal etishda ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishni muhim vazifalardan etib belgilaganini alohida e’tirof etdi.

Deputatlikka nomzod E.Salixovning aholini huquqiy madaniyatini yuksaltirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, tinchlik va barqarorlikni saqlash, yagona kadrlar siyosatini shakllantirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan vazifalari saylovchilarda qiziqish uyg‘otdi.

 “Menga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod Erkin Salixovning dasturi juda ma’qul bo‘ldi, – deydi 53- umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Sarvinoz Shoyimova. – Nomzod dasturini tuzishdan avval tumanimizdagi muammolarni o‘rganib chiqqan. Ayniqsa, huddudda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, ishchi o‘rinlarini yaratish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasidagi ilgari surayotgan takliflari menga juda yoqdi. Shu bois bo‘lajak saylovlarda O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz beraman”.

“O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi faoliyatini yaxshi bilaman. U amaliy ishlar partiyasi. Tuman markazidagi  eski mol bozori hududi dehqon va buyum bozoriga tutash bo‘lgani tufayli aholiga qiyinchilik to‘g‘dirayotgan edi. Bu muammo yuzasidan 2018 yil ko‘p tashkilotlarga murojaat qildim. Natija bo‘lmadi. Shundan so‘ng, O‘zLiDePdan ko‘mak so‘radim. Partiya vakillari esa bozorni boshqa hududga ko‘chirishga yordam berdi”, – deydi A.Abdurahmonov.

 Baxtigul  QARSHIYEVA,

O‘zLiDeP Samarqand viloyat

Kengashi matbuot kotibi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!