CAFA chempionatiga O‘zbekistondan 3ta stadion mezbonlik qiladi

CAFA chempionatiga O‘zbekistondan 3ta stadion mezbonlik qiladi

Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) tomonidan ilk marta milliy jamoalar ishtirokida o‘tkaziladigan turnir qaysi stadionlarda o‘tishi ma’lum bo‘ldi.

O‘FA vise-prezidenti Ravshan Ermatov Rossiyaning TASS axborot agentligi bilan suhbatda o‘yinlar Qirg‘iziston poytaxti Bishkekdagi stadiondan tashqari, Toshkentdagi uchta stadionda o‘tishini ma’lum qildi.

«O‘zbekistonda 20 yoshli futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yakunlandi. Turnir juda muvaffaqiyatli o‘tganiga guvoh bo‘lgandirsiz. Barcha maydonlar a’lo darajada tayyorlangandi. FIFA va Osiyo futbol konfederasiyasi musobaqaga tayyorgarlikni yuqori baholadi.

Endi CAFA turniriga ham «Bunyodkor», «Jar» va «Paxtakor» stadionlarini tayyorlamoqchimiz. O‘yinlar asosan Osiyo kubogi U20 finali o‘tkazilgan «Bunyodkor» stadionida bo‘lib o‘tadi», - deydi Ermatov TASS muxbiri bilan suhbatda.

Avvalroq, FIFA kunlari doirasida 9-21 iyun sanasida Rossiya, Eron, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston va Osiyoning yana bir jamoasi ishtirokida ilk marta Markaziy Osiyo futbol assosiasiyasi (CAFA) turniri o‘tkazilishi ma’lum qilingandi. Turnirga Rossiyaning «GazProm» kompaniyasi homiylik qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!