Buyuk Britaniya Ukraina uchun uzoq masofali raketalar sotib oladi

Buyuk Britaniya Ukraina uchun uzoq masofali raketalar sotib oladi

Buyuk Britaniya Ukraina uchun zamonaviy qurollar, jumladan, uzoq masofaga uchuvchi raketalar sotib olmoqchi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati veb-saytida mart oyida xabar berilgan edi, ammo ommaviy axborot vositalari, jumladan, Polshaning Defence24 nashri bunga hozir e’tibor qaratdi.

Qurol-yarog‘ va jihozlar uchun mablag‘ Buyuk Britaniya, Islandiya, Norvegiya, Shvesiya, Daniya va Litva hissalari hisobidan tashkil etilgan Ukrainaga yordam berish xalqaro jamg‘armasidan (IFU) olinadi. Kiyev uchun ular quruqlikdan, suvdan yoki havodan uchiriladigan 100 dan 300 km gacha uchadigan raketalarni sotib olishni rejalashtirmoqda. Ishtirokchilarning arizalari 4 maygacha ochiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!