Buxorodagi maktab va OTMlarda qishki ta’til uzaytirildi

Buxorodagi maktab va OTMlarda qishki ta’til uzaytirildi

Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari ochilishini 16 yanvarga kechiktirdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

«Buxoro viloyati umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida 11 yanvar kunidan an’anaviy tarzda o‘qish boshlangan edi.

Biroq sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, Buxorodagi barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16 yanvar kunidan boshlanishi belgilandi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16 yanvar kunidan boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!