Buxoroda yangi qurib topshirilgan ko‘p qavatli xonadondan chayon chiqdi (FOTO)

A A A
Buxoroda yangi qurib topshirilgan ko‘p qavatli xonadondan chayon chiqdi (FOTO)

Buxoro shahridagi 7-mikrorayonda joylashgan Amir Temur ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylar «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan qurilgan. 10 ta 7 qavatli, har biri 42 ta xonadonga mo‘ljallangan uy-joy barpo etilgan. Qurilish nazorati injiniring kompaniyasi viloyat bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan.

Bundan bir necha oy ilgari, ya’ni joriy yilning may oyida «Daryo»da «Titilib ketayotgan betonlar, yopilmaydigan eshiklar. Buxoro shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylar qanday holatda topshirilmoqda?» sarlavhasi ostida maqola yoritilgan edi.

Shundan so‘ng qurilish ishlarining o‘z vaqtida va sifatli olib borilishi uchun ushbu kompaniya ishga mas’uliyatni oshirdi. «Daryo» muxbiri bilan suhbatda «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi Buxoro viloyat bo‘yicha vakili Hayot Nizomov katta va keng hududda davom etayotgan qurilish ishlariga 700 nafar ishchi jalb etilgani, jami 19 gektar maydondagi qurilish ishlari 7 ta pudrat tashkiloti tomonidan olib borilayotgani xususida so‘zlagan.

O‘zbekiston mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida eng so‘nggi qurilish ob’ekti ham yakunlanib, egalariga tantanali topshirilgan. Har bir ko‘p qavatli uy uchun 10 milliard so‘m mablag‘ sarflangan.

Biroq haligacha bir nechta ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilmagan. Asfalt yotqizilmagan. Atrofini o‘rab turgan keng bo‘sh va qarovsiz yer begona o‘t-o‘lanlar va tikanlar bilan qoplangan. Oqibatda uylar va ayrim xonadonlarga zaharli hasharotlarning o‘rmalab kirishi kuzatilmoqda.

— Men 2018 yilda Buxoro shahridagi 7-mikrorayondan uy sotib olganman. Ikki nafar bolam bilan yashayman. Kecha bir yoshga to‘lgan o‘g‘limning to‘shagida chayon o‘rmalab yurganini ko‘rib, dong qotdim. Qo‘rqqanimdan ko‘chaga baqirib yugurdim. Qo‘shnilarim zudlik bilan yetib kelib, chayonni zo‘rg‘a o‘ldirishga erishdi. Shundan so‘ng sanitariya-epidemiologiya stansiyasiga dezinfeksiya masalasida murojaat etdim. Ammo haligacha natija bo‘lmadi. Chayonlar birmas, bir nechta bo‘lishi mumkin, degan xavotirdaman, — deya «Daryo»ga murojaat qiladi Buxoro shahridagi Amir Temur ko‘chasi, 22-uy, 24-xonadon sohibasi Gulchiroy Rahmatova.

Fuqaro Gulchiroy Rahmatova ko‘p qavatli uyning 1-qavatida yashaydi. Yangi qurilgan ko‘p qavatli uy atrofi axlat va begona o‘t-o‘lanlarga to‘la. Hammayoq tashlandiq va xarob ahvolda.

Bahouddin Naqshband mahallasi raisi Ravshan ota Ochilov uylar atrofini o‘rab turgan bu qarovsiz bo‘sh yer maydonlari Buxoro tumaniga tegishli ekanligini bildirdi. Ma’lum bo‘lishicha, chayonning xonadonlarga o‘rmalab kirishi birinchi marta kuzatilmayapti.

Uy-joydan 200 metrcha narida paxta maydoni joylashgan. Paxta terimi davrida hududda loy va balchiq aralash ariq suvi orqali turli virus tashuvchi hasharotlar ko‘payishi ham ehtimoldan xoli emas.

— Yashash uylariga yaqin joyda paxta ekilgan. U dorilanadi. Bolalarga allergik kasalliklar qo‘zg‘amasligi mumkinmi? — xavotida so‘zida davom etadi Gulchiroy Rahmatova.

Ushbu ko‘p qavatli uy atrofi obodonlashtirilmagan va asfaltlanmagan. Aholi qum-tuproq yo‘ldan foydalanadi. Mashinalar qatnovi yo‘q.

— 2017 yildan boshlab, ko‘p qavatli uylar qurishni boshlaganmiz. Bizning zimmamizga faqat 2017–2018 yillarda qurilgan ko‘p qavatli uylarni qurish va tiklash ishlari yuklangan, demak, bu ishlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish masalasida javobgarmiz. Shu davrga qadar uy-joydan 1 metr uzoqlikda bo‘lsa-da, obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlari viloyat Yagona buyurtmachi xizmati injirining kompaniyalari tomonidan bajarilgan. 2019 yildan boshlab esa barcha qurilish amallari, jumladan, ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish, tashqi kommunikasiya ishlari, bolalar maydonchalarini qurish kabilar «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi belgilandi. Aynan hozir tilga olinayotgan Buxoro shahridagi Amir Temur ko‘chasida joylashgan 24-uyning atrofini obodonlashtirish va asfaltlash shahar hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injirining kompaniyasi tomonidan bajarilishi lozim edi, — dedi «Daryo» muxbiri bilan bog‘langan «O‘zshaharqurilishinvest» injiniring kompaniyasi matbuot xizmati.

Buxoro shahar hokimi Karim Kamolov mazkur ob’ektda obodonlashtirish va asfaltlash ishlari boshlangani, tez kunda aholi talabi darajasidagi ob’ekt barpo bo‘lishini bildirdi.

Zamonaviy turar joy binolari qad ko‘tarib, salobat to‘kib turgan mazkur bir nechta uy-joylarga tegishli bolalar o‘yingohi yo‘q. Hududning ko‘p qismida obodonlashtirish ishi amalga oshirilmaganidan massivda hali uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatining yo‘lga qo‘yilmaganini anglash qiyinmas.

Qisqa muddatlarda tiklanib, aholiga topshirilgan uy-joylar atrofi shahar hokimi aytmoqchi, tez kunda obodonlashtirib, asfaltlanmas ekan, Buxoro tumaniga tegishli qarovsiz keng maydonda zaharli hasharotlarning urchishi, hech gapmas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Gruziyada motam kuni e’lon qilindi

Бу ҳақда Грузия ҳукумати маъмурияти эълон қилди.

Erondagi vaziyatdan Markaziy Osiyoda eng ko‘p Tojikiston qiynalishi mumkin

Имкониятлари чекланган республика учун бу озиқ-овқат хавфсизлиги нуқтаи назаридан жиддий ҳажм ҳисобланади.

Eron AQShning F-35ga qanday raketa bilan zarba berganini ko‘rsatdi

Ушбу зенит ракетаси 25 км масофага уча олади ва икки усул билан бошқарилади: радар ва иссиқлик изловчи электро-оптик.

Eron Trampning Hormuz bo‘g‘ozini ochish haqidagi ultimatumiga javob berdi

Бу ҳақда Эрон Миллий телерадиоэшиттириш корпорацияси (IRIB) Эрон Қуролли Кучлари Бош штабига таяниб хабар бермоқда.

Eron Isroilning yuqori lavozimli amaldorini o‘ldirdi

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Eron AQSh dengiz floti uchun benuqson "qirg‘in zonasi" yaratib kutmoqda

Бунинг аниқ сабаби бор – бу Эроннинг ассиметрик уруш орқали АҚШни мағлуб этиш бўйича узоқ йиллик стратегиясидир.

AQSh Eronning neftdan taxminan 14 milliard dollar daromad olishiga imkon berdi

Бу ҳақда Ахios журналисти Барак Равид хабар берди.

YPX inspektorini urib ketgan 10-sinf o‘quvchisi “Shuhrat” medali sohibining erkatoy nabirasi ekani ma’lum bo‘ldi

25 февраль куни соат 21:46 да 10-синф мактаб ўқувчиси BMW М4 русумли автомашинани ҳайдовчилик гувоҳномасисиз бошқариб, ҳаракатланиб келаётган вақтида ЙПХ инспекторини уриб юборган.

Uyiga faqat tunda kelishni odat qilgan qarzdorga MIB "syurpriz" qildi

Қарздор транспорт воситасини фақат тунда уйига олиб келиниб, кундузи бошқа жойда сақланаётгани аниқланган.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Buxoroda 21 yoshli yigit Telegramda onlayn fohishaxona tashkil qildi

У аёллар расмларини каналга жойлаб, уларни пул эвазига мижозларга таклиф қилган

Eron AQSh ultimatumiga javob qaytardi

Агар АҚШ Эрон электр станцияларига зарба берса, Эрон Ормуз бўғозини бутунлай ёпиб қўяди.

Husanovning finaldagi o‘yini qanday baholandi?

Англия Лига кубогининг (Carabao Cup) ҳал қилувчи финал баҳси ўз якунига етди.

Sibirda qoramollar ommaviy so‘yilmoqda

Новосибирск вилоятида ҳокимият пастереллёзга қарши кураш баҳонасида қорамолларни олиб қўйиш ишлари якунланаётганини маълум қилди.

Tramp ma’muriyati Eron bilan tinchlik muzokaralari bo‘yicha dastlabki muhokamalarni boshladi — Axios

Нашр манбаларининг айтишича, Трамп маъмурияти вакиллари икки саволга жавоб топишга ҳаракат қилмоқда: Эронда кимлар билан алоқа ўрнатилади ва қайси давлат воситачилик қилиши мумкин.

Qaysi davlatlar yadroviy qurol bilan hujum qilishga qodir?

Бу маълумот АҚШ ҳукумати разведка ҳамжамиятининг йиллик ҳисоботида келтирилган.

Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi

Жасад 2026 йилнинг 23 март куни “Истанбул-Андижон” рейси орқали Ўзбекистонга юборилди.

Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi qo‘lga olindi

Ҳолат юзасидан Сирдарё вилоят прокуратураси томонидан мазкур МИБ давлат ижорчиларига нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди.

Бу ҳақида Украинадаги яширин кўнгиллилар ҳаракати координатори Сергей Лебедев РИА Новостига маълум қилди.

Tramp: “Eron hatto raqobat ham tug‘dirmayapti”

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон ҳақида навбатдаги кескин баёнот билан чиқди.

Kallas: “Urush sevgi sarguzashtiga o‘xshaydi — kirish oson, chiqish qiyin”

Европа Иттифоқи дипломатияси раҳбари Кая Каллас Эрон атрофидаги вазият юзасидан эҳтиёткорликка чақирди.

Isroil Eronning “Basij” kuchlari razvedka bo‘linmasi boshlig‘i yo‘q qilinganini e’lon qildi

Исроил армияси матбуот хизматининг хабар беришича, Теҳронга зарбалар чоғида “Басиж”нинг разведка бўлими бошлиғи Исмоил Аҳмадий йўқ қилинган.

Fransiyada ISHIDning yazidiylarga qarshi genosidi bo‘yicha ilk hukm chiqarildi

Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.

Ijtimoiy tarmoqlar yoshlar farovonligiga salbiy ta’sir qilmoqda

2026 йилги World Happiness Report 2026да таъкидланишича, ижтимоий тармоқлар ёшлар фаровонлигига жиддий салбий таъсир кўрсатмоқда.

Eron uzoq davom etadigan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Financial Times

Financial Timesнинг хабар беришича, Эрон санкциялар енгиллаштирилмас экан, ҳарбий ҳаракатларни тўхтатишга рози эмас ва узоқ давом этадиган урушга тайёргарлик кўрмоқда.

Eron hujumlari natijasida Qatarning suyultirilgan gaz ishlab chiqarish quvvatining 17 foizini 3–5 yilga ishdan chiqdi — Reuters

Бу йилига 20 млрд долларгача йўқотишларга олиб келади", дея хабар бермоқда агентлик.

AQSh ittifoqchilari Eronga qarshi xavfsizlik choralariga tayyor

Бу ҳақда АҚШ томонидан эълон қилинган қўшма баёнотда таъкидланган.

Evropa Ittifoqining ikki davlati Ukrainaga kredit berishni to‘xtatib qo‘ydi

Венгрия ва Словакия Европа Иттифоқининг Украинага 90 миллиард евро ажратиш тўғрисидаги қарорига тўсқинлик қилишди.

Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol jinsiy zo‘ravonlikka uchradi

Бу ҳақда бугун, 19 март куни “Sözcü” хабар берди.

Qirg‘izistonda sobiq DXX rahbarining qarindoshi qo‘lga olindi

Орунбековнинг таъкидлашича, Камчибек Ташиев лавозимни тарк этганидан сўнг бундай амалиётлар тўхтаган ва корхона омборларида катта ҳажмда бензин тўпланиб қолган.

Turkiy madaniyat va meros jamg‘armasi hamda AlmaU hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.

Tailanddagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Шунингдек, автоҳалокатда жароҳат олган яна уч нафар ҳамюртимизга тезкор тиббий ёрдам кўрсатилган ва уларга шифохонадан жавоб берилган.

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Қарши туманида истиқомат қилувчи, 1965 й.т. шахс ўзининг яшаш хонадонида тегишли лицензиясиз дорихона ташкил қилиб, 82 турдаги жами 1520 дона меъёрий ҳужжати бўлмаган дори воситаларини сотиб келаётганлиги аниқланди.

Prezident farmoni bilan 392 nafar shaxs afv etildi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.

Trampning kuyovi Jared Kushner Yaqin Sharqdagi urushdan milliardlar topmoqchi

New York Times маълумотига кўра, у Affinity Partners компанияси учун тахминан 5 миллиард доллар топишни режалаштиряпти.

Afg‘oniston Pokistonga qarshi amallarni vaqtincha to‘xtatdi

Маълум қилинишича, бу қарор Қатар, Саудия Арабистони ва Туркиянинг илтимосига биноан қабул қилинган.