Buxoroda o‘z uyida 40 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Buxoroda o‘z uyida 40 ming so‘mga fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi

Buxoro viloyati Peshku tumanida o‘z uyida fohishaxona tashkil qilgan erkak ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Peshku tumani “Malishoyak” mahallasida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan S.SH. ismli erkak tumanning “Yangibozor” mahallasidagi o‘zi yashab kelayotgan xonadonda fohishaxona tashkil qilgan. U begona shaxslarning jinsiy aloqa qilishlari uchun muayyan sharoit yaratib, buning evaziga moddiy manfaat ko‘rib kelgan.

Jumladan, 2023 yil 6 mart kuni I.H. ismli erkak va H.M. ismli ayolning jinsiy aloqada bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratib, evaziga 40 000 so‘m miqdoridagi pullarni olgan. U “mijozlarga” uyni bo‘shatib, bu faoliyatdan daromad olgan va fohishaxona tashkil etish va saqlash jinoyatini sodir qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!