Buxoroda “Spark” kanalga tushib ketdi (VIDEO)

Buxoroda “Spark” kanalga tushib ketdi (VIDEO)

Joriy yilning 9 yanvar kuni FVVning Buxoro viloyati boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga Buxoro shahri “Talija” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga “Spark” rusumli avtomobil tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga podpolkovnik G‘.Safoyev boshchiligidagi qutqaruv otryadi yetib borgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus texnikasi va g‘avvoslar, shuningdek, Ichki ishlar vazirligining hududiy bo‘limlari bilan hamkorlikda 30 daqiqa davomida olib borilgan harakatlar natijasida avtomobil suvdan olib chiqildi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi to‘xtash vaqtida qo‘l tormozini tortishni unutgani sababli kanalga tushib ketgan. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!