2020 yilning 28 sentyabridan 29 sentyabrga o‘tar kechasi, Romitan tumani Azizon MFY Sarbiston qishlog‘ida joylashgan “Xo‘ja Ali Romitaniy” masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirib, u yerda bo‘lgan 3 dona ehson qutilarni buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tegov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borildi.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyati, Payariq tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.
Hozirgi kunda gumonlanuvchi O.A. ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Ўтган йили Ўзбекистон миллий терма жамоаси бошқаришга таклиф этилган машҳур немис мутахассиси Йоахим Лёв барибир жаҳон чемпионатига бориш имкониятига эга бўлди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.