Buxoroda ham jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Buxoroda ham jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi

Buxoroda ham jamoat transporti qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.

Buxoro viloyati hokimining farmoyishiga asosan 24 martdan boshlab Buxoro viloyati hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi avtobus, mikroavtobus,  “Damas” rusumli hamda “Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘nalishsiz yengil avtotransport vositalari qatnovi vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shuningdek, dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilardan tashqari boshqa avtotransport vositalarida yo‘lovchi tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!