Buxoroda er-xotin birovning qizlarini qiynoqqa soldi

A A A
Buxoroda er-xotin birovning qizlarini qiynoqqa soldi

Buxorolik Dilnoza Safarova 2019 yil avgust oyida Rossiya Federasiyasiga ishlash uchun ketdi-yu, oradan 5 oy o‘tgach – joriy yilning yanvar oyi oxirlarida halovati buzildi. Biroq u har qancha afsus-nadomat chekmasin, bu paytda kech bo‘lgandi.

 

Buxoroda er-xotin birovning qizlarini qiynoqqa soldi

 

Gap shundaki, Dilnoza Rossiya Federasiyasiga jo‘naganida 2 farzandi — 2013 yilda tug‘ilgan Shahrizoda va endigina 6-7 oylik bo‘lgan chaqalog‘i Shahruza Safarovani tanishi Nozima Ro‘ziyevaning qaramog‘ida qoldirib ketadi. Tomonlar xizmat haqi uchun esa har oyda 100 AQSh dollariga kelishgandi.

Shundan so‘ng Nozima opa-singilga binoyidek enagalik qila boshlaydi.

Binobarin, kelasi oyda D. Safarova unga 100 AQSh dollari, Shahrizodaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan 50 AQSh dollari pul jo‘natadi. Lekin Shahruza bolalar ozuqasi(kasha) bilan ovqatlangani bois yuborilgan mablag‘ Shahrizodaning parvarishidan ortmay qoladi.

Oqibatda N. Ro‘ziyevaning xo‘jayini Bunyod Xalilov qizaloqlarni boshqa biror ayolga berib yuborishini tayin­laydi rafiqasiga. Shu bilan birga, Dilnozaga qo‘ng‘iroq qilib, farzandlariga boshqa enaga topish shartini qo‘yadi. Aks holda ularni “Mehribonlik uyi”ga topshirib yuborishini ma’lum qiladi. Xo‘jayinidan keyin D. Safarova bilan suhbatlashish asnosida Nozima kichkintoylarga ovsini Manzura Ibodullayeva (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) enagalik qilishi mumkinligini bildiradi. Shunga ko‘ra, ona bo‘lmish M. Ibodullayeva bilan bog‘lanadi.

— Qizlarimni ovsiningizga qoldirib kelgandim. Ammo u endi qarashga qiynalib qolibdi. Shuning uchun sizdan iltimos, farzandlarimni qaramog‘ingizga olsangiz. Har oyda ikki yuz dollar to‘layman, — deydi u.

200 AQSh dollari miqdoridagi ish haqi uchun Manzura uning iltimosiga rozi bo‘ladi. Natijada 2019 yil 25 sentyabr kuni Shahrizoda va Shahruzani o‘zi ijarada yashayotgan uyga olib keladi. Biroq yangi enaga va uning xo‘jayini Behzod Xalilov ko‘p o‘tmay Shahrizodani qiynay boshlashadi. Ya’ni 2019 yil oktyabr oyidan 2020 yil 27 yanvar kuniga qadar muttasil ravishda qo‘llari va oyoqlariga qattiq buyumlar bilan ayamasdan urib, do‘pposlab kelishadi. Shu bilan birga, oshxonadagi gazda qoshiq va kapkirni qizdirib, qizchaning yuzi, qo‘llari hamda tanasining bosh­qa joylariga yopishtirib jismoniy va ruhiy azob berishadi. Boyaqish Shahrizoda og‘riqqa chidolmay baqirganda esa kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratlab, og‘zini bog‘lab, ovozini o‘chirishgan. Bu ham yetmagandek, Dilnoza o‘z vaqtida pul jo‘natmaganini bahona qilib, qizni hovli o‘rtasidagi katta daraxtga beli va tomog‘idan bog‘lab qo‘yib qiynashgan.

Hatto qahraton qishda ham uni daraxtga bog‘lab, ustidan muzdek suv quyib, olovda qizdirilgan choynak va qoshiqni bilaklari, yuzi hamda qulog‘i atrofiga bosib, ba’zan esa urib azoblashgan. Eng ayanchlisi, Behzod Shahrizodani urib burnini qonatgani yetmagandek, qornini pichoq bilan kesib, tan jarohati yetkazadi. Lekin er-xotin tirqirab qon oqayotganini ko‘rib turishsa-da, qizchaga yordam ko‘rsatishmaydi. Oqi­batda pichoq yetkazgan jarohat bir necha kun SH. Safarovaga azob berib, keyin o‘z holicha bitib ketgan.

Bundan tashqari, M. Ibodullayeva 2020 yil 21 yanvar kuni Shahrizodani onasi Tamara Ibodullayevaning uyiga olib keladi. Zinadan chiqishayotganda u atrofda hech kim yo‘qligidan foydalanib, qizaloqni pastga itarib yuboradi. Pirovardida qizchaning chap yelka suyagi sinib, u yana bir necha kun og‘riq azobini tortadi. Shundan keyin qahri qattiq enaga Dilnozaning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay qo‘yadi. Natijada D. Safarova o‘ziing yaqin tanishi Maftuna Qurbonovaga sim qoqib, Manzura bilan bog‘lana olmayotgani, shu bois qizlaridan xavotirda ekanligini bildirib, ulardan xabar olishini iltimos qiladi. M. Qurbonova o‘sha kuniyoq Manzuranikiga boradi.

Buni qarangki, Maftuna borgan paytda xonadon darvozasi ichkaridan ip bilan bog‘langan holda yopib qo‘yilgan ekan. Shu bois u bir amallab darvozani ochib, ichkariga kiradi. Qarasaki, Shahrizoda isitmalab, ustiga ko‘rpa tashlab qo‘yilgan holatda yolg‘iz yotibdi. Shuning uchun u darhol qizni o‘zi bilan olib ketadi. Yo‘lda ketayotib esa M. Ibodullayevaga qo‘ng‘iroq qiladi. Biroq javob bo‘lmaydi. Keyin taksi haydovchisining telefonidan sim qoqadi. Shunda Manzura go‘shakni ko‘taradi.

— Dilnozaning iltimosiga ko‘ra uyingizga kelgandim. Shahrizodaning ahvolini ko‘rib, uni o‘zim bilan olib ketyapman. Shuni aytib qo‘yay degandim, — deb tushuntiradi M. Qurbonova.

Bu gapni eshitib, Manzura birdan tutoqib ketadi.

— Nega uyimga beruxsat kirasiz? Shoshmay turing hali, sizni melisaga berib, javobgarlikka torttiraman, — deya baqir-chaqir qiladi u.

Darhaqiqat, shundan keyin M. Ibodullayeva IIB xodimlarini Maftunanikiga boshlab boradi. Shunda xodimlar xonadon sohibasidan Shahrizodani ko‘rsatishini so‘rashadi. Pirovardida ular qizchaning tan jarohatlari va ruhiy holatidan tashvishlanib, o‘zlari bilan olib ketishadi. So‘ngra uni “Mehribonlik uyi”ga topshirishadi. “Mehribonlik uyi” bosh shifokori va hamshiralari esa SH. Safarovaning qo‘l-oyoqlari gipslanganini ko‘rib, uni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filialiga tibbiy tekshiruvga yuborishadi. Oqibatda Shahrizoda mazkur muassasada 6 kun davolanib chiqadi. Shuningdek, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Buxoro filialining 2020 yil 26 fevraldagi 9-sonli xulosasi bilan uning tanasidagi singan, kesilgan, kuygan va boshqa jarohatlari tasdiqlanadi.

Albatta, shundan so‘ng shafqatsiz er-xotinga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi Behzod Xalilovni Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a” bandi, Manzura Ibodullayevani shu kodeksning 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi va 110-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan ayb¬dor deb topib, qonuniy jazoga mahkum etdi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish zarurki, farzand tarbiyasi ota-ona zimmasidagi eng muhim vazifa va majburiyatdir. Ammo jigarbandlari shuncha azob-uqubatga giriftor bo‘lsa ham Dilnoza Safarovaning Rossiyada ishini davom ettirib yuraverishi har qanday kishini taajjubga soladi. Shunday ekan, onaning bunday loqaydligi va yuz bergan ayanchli voqea-hodisalar barchamizga saboq bo‘lishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

O‘zbek futbolchilarining o‘yindan keyin qilgan ishi kanadaliklarni hayratga soldi!

2026 йилги жаҳон чемпионатидаги дебютига пухта тайёргарлик кўраётган Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон миқёсида ҳам эътибор ва эътироф қозона бошлади.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Million rossiyalik mamlakatni tark etdi

Тадқиқот муаллифларининг таъкидлашича, уруш бошланганидан кейин ҳарбий хизматдан қочишга уринган ва мамлакатни тарк этаётган эркаклар сони сезиларли даражада ошган.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

O‘zbekistonning "JCH-2026"da guruh bosqichida chiqib ketishi bashorat qilindi

Футбол бўйича таҳлилий тадқиқотлар олиб борадиган Football Meets Data компанияси 2026 йилги жаҳон чемпионатида плей-офф босқичига чиқиш эҳтимоли энг паст бўлган ўнта терма жамоа рўйхатини эълон қилди, деб хабар беради Sports.kz.

O‘zbekiston – Niderlandiya o‘rtoqlik o‘yini Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi

8 июнь куни футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси жаҳон чемпионати олдидан сўнгги ўртоқлик учрашувини ўтказади. Рақиб Европанинг етакчи жамоаларидан бири – Нидерландия терма жамоаси бўлади.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

Superkompyuter Jahon chempionati-2026 g‘olibini bashorat qildi

Opta таҳлилчилари суперкомпьютерни ишга тушириб, терма жамоаларнинг Жаҳон чемпионатида ғалаба қозониш имкониятларини ҳисоблаб чиқишди.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

47°C issiqlikda tong ham, tun ham yo‘q: Hindistonning eng issiq hududida bir kun

Ҳиндистоннинг Уттар-Прадеш штатидаги Банда туманида ҳаёт сўнгги ҳафталарда мисли кўрилмаган жазирама иссиқлик шароитида кечмоқда.

Qoidasiz dengiz jangi: Ukraina dron hujumlaridan jabrlangan davlatlar qanday munosabat bildirmoqda

Азов денгизи ва Қора денгизда Украина денгиз дронлари билан боғлиқ ҳодисалар халқаро баҳсларга сабаб бўлмоқда.

Isroil bo‘ylab qator otishmalar yuz berdi

Исроилда бир қатор отишмалар содир бўлди, натижада бир киши ҳалок бўлди ва беш киши яраланди.

Kiyev Vashingtonga yashirin signal berdi

Бу ҳақда Украинанинг "Страна" нашри тоғ-кон саноати билан боғлиқ манбаларига таяниб хабар бермоқда.

JCH-2026 ning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari nomi ma’lum bo‘ldi

Жаҳон чемпионати анъанавий тарзда сайёрамизнинг энг кучли футболчиларини бирлаштиради.

Surxondaryoda ham IIB xodimi voyaga yetmagan qizning nomusiga tegishda gumonlanmoqda

Ҳужжатлар кўриб чиқиш учун тегишли судловга юборилган. Воқеа қачон содир бўлганига аниқлик киритилмаган.

Filippindagi zilzila qurbonlari soni 19 nafarga yetdi

Полиция маълумотларига кўра, офат туфайли камида 134 киши жароҳатланган.

Qarshida gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi​​​​​​​

Хабар келиб тушиши билан воқеа жойига қутқарув бўлинмалари зудлик билан етиб борган. Айни пайтда портлаш оқибатида келиб чиққан ёнғинни бартараф этиш ишлари олиб борилмоқда.

Dominikan Respublikasida biznes-jet halokatga uchrab, portlab ketdi

Gulfstream G200 бизнес-жети Техасга чартер рейсини амалга ошираётган бўлган.

Andijonda 16 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Андижон вилоят ИИБ вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш маркази инспектори-ижтимоий ходими лавозимида ишлаган С.Б вояга етмаган У.Мни Андижон шаҳарда жойлашган кўп қаватли уйга олиб бориб, у билан жинсий алоқа қилганлиги аниқланган.

Toshkent metrosida yo‘lovchining pauerbanki tutab ketdi

Дастлабки маълумотларга кўра, пауэрбанк тутаб кетганидан сўнг унинг эгаси қурилмани вагон полига улоқтириб юборган.

Toshkent va Xorazmda narkosavdogarlar ushlandi

Дастлабки суриштирув давомида у ўзининг онасига тегишли Тошкент туманидаги хонадонда гиёҳвандлик ўсимликларини етиштираётганлиги аниқланди.

Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi: Ebola epidemiyasi rekord darajaga yetishi mumkin

АҚШнинг Касалликларни назорат қилиш ва олдини олиш марказлари (CDC) таҳлилчилари томонидан тайёрланган моделларга кўра, Марказий Африкадаги Эбола эпидемияси 2014 йилдаги рекорд даражадаги эпидемия кўламига етиши ёки ҳатто ундан ошиб кетиши мумкин.

AQShda yarim asr ichida ilk bor harbiylar qatl etilishi mumkin

Қўшма Штатлар Қуролли Кучлари ярим асрдан кўпроқ вақт ичида биринчи марта ҳарбий қатлларни амалга оширишни режалаштирмоқда. Бу ҳақда ABC телеканали ички армия ҳужжатига таяниб хабар берди.

Ruminiya prezidenti: Konstansa portida portlagan dron Ukrainaga tegishli bo‘lgan

Руминия президенти Никушор Дан Констанца фуқаролик порти ҳудудида портлаган денгиз дрони Украинага тегишли бўлганини расман тасдиқлади.

Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi: Isroil hujumlari oqibatida qariyb 3600 kishi halok bo‘ldi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълумотига кўра, 2 мартдан буён Исроил ҳужумлари натижасида ҳалок бўлганлар сони 3593 нафарга етган. Шунингдек, қарийб 11 минг киши турли даражада жароҳат олган.

Uyushgan jinoyatchilik va narkojinoyatlarga qarshi kurashda muhim natijalar

Жорий йилнинг январ–май ойларида ҳуқуқ-тартибот органларининг тезкор бўлинмалари ҳамкорлигида уюшган наркожиноятчилик ҳамда уюшган жиноий гуруҳлар фаолиятига қарши комплекс тезкор тадбирлар амалга оширилди.

Farg‘onada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Ушбу қоидабузарликлар натижасида, электр таъминоти корхонасига жами 2 миллиард 154 миллион сўмлик зарар етказилганлиги маълум бўлди.

Isroil Eron bilan urush vaqtida qo‘shinlarini maxfiy ravishda Ozarbayjonga joylashtirgan

CNN маълумотига кўра, Эрон билан қуролли тўқнашувлар давомида Исроил махсус операциялар бўлинмалари ва разведка ходимларини, жумладан «Моссад» агентларини Озарбайжон ҳудудига махфий равишда жойлаштирган.

Dubay shahzodasining sobiq rafiqasi hibsga olindi: farzandlar uchun kurash davom etmoqda

Дубайда озарбайжонлик собиқ гимнастикачи Зейнаб Жавадли ҳибсга олинди.

Ruminiyaning Konstansa porti yaqinida dengiz droni portladi

Маҳаллий оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, ҳозирда Руминия қирғоқлари яқинида яна учта денгиз дрони аниқланган.

Toshkentda avtobusda uyatsiz harakatlar qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

48 ёшли эркак Т.С. жамиятда юриш-туриш қоидаларини қасддан менсимасдан, жамоат жойида бўла туриб уятсиз ҳаракатлар содир этган.

“Chodaksoy”da cho‘kib ketgan yigitning jasadi 1 haftadan so‘ng topildi

Жараёнда туман ФВБ ёнғин-қутқарувчилари томонидан сув устида, бошқарма қутқарув отряди қутқарувчилари томонидан эса сув остида қидирув ишлари узлуксиз олиб борилган.

Kongoda Ebola epidemiyasi avj olayotgan bir paytda 11 nafar bemor kasalxobadan qochib ketdi — Bloomberg

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi

Эркак Қарши туманидаги хонадонида эшак сўйиб, гўштини турли бозорларда сотиб келган. Хонадонидан 247 кг гўшт ва қарийб 100 та эшак териси топилган.