Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida pnevmatik to‘pponchani qurol sifatida namoyish qilib, bezorilik qilgan Captiva haydovchisi qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo»ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
20 iyul kechasi soat taxminan 23:50 larda G‘ijduvon tumanidagi «Qo‘rg‘on» mahallasida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro F.I. spirtli ichimliklar ta’siridan mast holda avtomashina boshqargan. U tuman markazidagi «Kaktus» kafesi oldiga 80 M 222 MA raqamli Captiva avtomashinasi bilan kelib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, ushbu kafe oldida turgan, fuqaro M.R. boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashina oynasini qo‘lidagi pnevmatik to‘pponcha bilan otib sindirgan. Bundan tashqari, Matiz haydovchisi M.R.ga pnevmatik to‘pponchani qurol sifatida namoyish qilib, bezorilik jinoyatini sodir qilgan.
Fuqaro F.I.ga tegishli pnevmatik to‘pponcha — texnik xususiyatlariga ko‘ra, pnevmatik qurol siqilgan gazsimon modda energiyasidan foydalanadigan qurollar kategoriyasiga kiradi. Ushbu to‘pponcha Ijevskiy mexanika zavodida ishlab chiqarilgan.
Mazkur holat yuzasidan F.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi «v» bandi (sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) namoyish qilib, ularni qo‘llash bilan qo‘rqitib yoxud qo‘llab bezorilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Ushbu modda bilan aybdor deb topilgan shaxsga 300 soat majburiy jamoat ishlaridan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo turlari qo‘llanilishi mumkin.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Интернет ижтимоий тармоқларида Бешариқ туманида “ёввойи” кимса пайдо бўлгани ва аёллар, болaларга ташланиб қолаётганлиги ҳақида тарқалган хабар Фарғона вилояти ИИБ томонидан ўрганиб чиқилди.
“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 5 август куни Туркманбоши шаҳридаги "Аваза" миллий туризм ҳудудида ўтаётган БМТнинг Денгизга чиқиш имкони бўлмаган ривожланаётган мамлакатлар бўйича учинчи конференциясида иштирок этди.
Исроил Суриядаги айирмачи кучлар орқали мамлакатни бўлиб ташлашга уринмоқда. Бу ҳақда Сурия ахборот вазири Ҳамза ал-Мустафо Туркиянинг “Anadolu” ахборот агентлигига берган интервьюсида маълум қилган.
Болани ерда маҳаллий аҳоли вакили топиб олиб, тез ёрдам чақирган. Ҳодиса жиддийлигига қарамай, бола ҳушини йўқотмаган. Унинг қўли синган, умуртқа поғонаси чўзилган
Маълум қилинишича, аёл давлат чегараси чизиғидан 80 метр масофада, чегара ҳудудида ноқонуний равишда бўлиб, Қозоғистон ва Россия чегарасини расмий ўтиш пунктларидан ташқарида кесиб ўтмоқчи бўлган.
1 августдан бошлаб АҚШ президенти Доналд Трамп Жанубий Корея ва Ҳиндистондан олиб кириладиган маҳсулотларга янги бож тўловлари жорий этилишини эълон қилди. Унда икки давлатга турлича ёндашув намоён бўлди.