Buxoroda juda ko‘p miqdordagi byudjet mablag‘larini talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda koronavirus pandemiyasi davrida Moliya vazirligining Buxoro viloyatidagi inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasiga ajratilgan pul mablag‘larini maqsadli sarflanishi o‘rganilgan. O‘rganishlar davomida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.
Xususan, Buxoro viloyat sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markaziga pandemiya sharoitida dezinfeksiya vositalarini xarid qilishda mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib beruvchi korxonalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati berilgan bo‘lsa-da, markaz bosh shifokori o‘ziga tanish bo‘lgan MCHJdan dezinfeksiyalovchi vositalarni qimmat narxda xarid qilib kelgan.
Aniqlanishicha, markaz bosh shifokori B.B. va shifokor-dezinfeksionist A.H. oldindan til biriktirib, A.H.ning o‘zi ta’sischi bo‘lgan «V-S» MCHJ orqali 395,4 million so‘mlik 14,9 tonna gipoxlorid kalsiy dezinfeksiya vositasini 600 million so‘mga, ya’ni 204,6 million so‘mga qimmat narxda xarid qilgan.
Tekshiruv davomida bosh shifokor B.B. tomonidan 202,5 million so‘m zarar qoplangan. Mazkur holat yuzasidan B.B. va A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.