Buxoro viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Buxoro viloyatida yer oldi-sotdisi bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi

Fuqaro X.U.ning Buxoro viloyati IIB Yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasiga qilgan murojaatiga asosan, viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda, "U.B.U." fermer xo‘jaligi rahbari B.X. G‘ijduvon tumani hududidagi o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan fermer xo‘jaligi balansida bo‘lgan 12 gektar ekin yer maydonini keyinchalik vakolatli tanishlari orqali hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilib, 40 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 4 ming AQSh dollarini ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borishga kirishilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!