Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida, Buxoro shahar Sheyxon ko‘chasida yashovchi, 1974 yilda tug‘ilgan T.D. ismli ayol o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish orqali tekin daromad orttirish maqsadida Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani «Kattabog‘» mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan boshqa bir fuqaroni aldab, o‘zining vakolatli tanishlari orqali jami 1000 AQSh dollari evaziga uni Buxoro viloyati Ftiziatriya va Pulmonologiya (Sil kasalliklari shifoxonasi) markaziga ishga joylashtirishni va’da qilib, evaziga oldindan kelishilgan pullarning bir qismi, ya’ni 300 AQSh dollari miqdoridagi kimyoviy ishlov berilgan pullarni olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan T.D. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.