Buxoro shahrida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Buxoro shahrida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Sh.S.” MCHJ rahbari L.YO. va boshqalar MCHJ savdo do‘koni va yerto‘lasida 8 turdagi jami 1 395 dona iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini hamda 570 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!